O‘zbekiston va Tolibon munosabatlarida diplomatik noaniqliklar

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

21 Oktabr 2024

Ulashish

O‘zbekiston va Tolibon munosabatlarida diplomatik noaniqliklar

Joriy yilning 14-oktyabr kuni Tolibon vakillari O‘zbekistondan Termizdagi umumiy bozorda konsert va musiqiy dasturlarni bekor qilishni so‘ragani, aks holda Afg‘oniston fuqarolariga ushbu umumiy bozorga kirishga ruxsat etilmasligi haqida xabar tarqaldi. Ammo ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur xabarlarni rad etib chiqdi. Vazirlikka ko‘ra, Afg‘oniston tomonidan bunday xarakterdagi hech qanday murojaatlar O‘zbekiston tomoniga kelib tushmagan.

 

Xuddi O‘zbekiston va Tolibon hukumati o‘rtasidagi boshqa bir noaniqliklar, masalan,  ularning Toshkentdagi elchilari noaniq sabablarga ko‘ra ketma-ket almashgani kabi, bu mavzu ham noaniqligicha qoldi.

 

Afg‘oniston va Janubiy Osiyo tadqiqotlari markazi rahbari Hamza Boltayev “QALAMPIR.UZ” tahririyatiga bergan intervyusida ushbu noaniqliklar haqida aniq fikr bildirishga harakat qildi. Mutaxassis O‘zbekistonning Tolibon hukumatiga nisbatan pragmatik yondashuvi, ikki davlat o‘rtasidagi tushunmovchilik va chaqiruvlar, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish istiqbollarini yoritib berdi.

 

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.