Proksi urushlari – xalqaro mojarolarga aralashuvning yangi usuli

Tahliliy nashrlar

05 Aprel 2026

Ulashish

Proksi urushlari – xalqaro mojarolarga aralashuvning yangi usuli

Muallif: Umidkon Hasanov, JIDU 3-bosqich talabasi, IXTI amaliyotchisi

 

Kirish

Xalqaro huquqning asosiy subyektlari, boshqacha aytganda, davlatlar o‘zaro munosabatlarga kirishganda har doim xalqaro normalarga muvofiq harakat qilishlari va xalqaro organlar tomonidan belgilangan qoidalarni buzmasliklari shartligi ta’kidlanadi. Biroq, global maydonda nisbatan ko‘proq kuchga ega bo‘lgan yirik davlatlar ba'zan o‘zlarining strategik manfaatlarini ustuvorligini saqlash uchun uchun ushbu qoidalarni buzish holatlari uchrab turadi.1940-yillargacha, ya’ni yirik davlatlar o‘z yadroviy salohiyatlarini shakllantirguniga qadar klassik mojarolar, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuv, qurolli mojaro, blokada, karantin va boshqalar xalqaro arenada oddiy holat bo‘lgan. Biroq yadroviy kuch bilan o‘yin qoidalarining o‘zgarishi barcha ishtirokchilarni, jumladan yadroviy salohiyatga ega bo‘lganlarni talofat xavfisiz, kamxarajat bo‘lgan boshqa yo‘llarni qidirishga undadi va ushbu yo‘llardan eng muqobili bu agentlar orqali harakat qilish - ya’ni proksi munosabatlari asosiga qurilgan urush yo‘li edi. Bugungi kunda yadroviy salohiyatga ega global o‘yinchilar soni kengaydi(Hindiston, Pokiston, Shimoliy Koreya, Isroil) bu esa siyosiy taranglik yuz berayotgan hududlarda mnfaatlar to‘qnashuvi xavfini sezilarli darajada oshiradi. Ushbu taranglikni kamaytirish bilan bir qatorda mintaqada o‘z manfaatlarining ustuvorligini saqlash uchun davlatlar mahalliy o‘yinchilarni – akademik tilda aytganda, “proksi o‘yinchilari”ni moddiy, harbiy, tayyorlov, diplomatik yordam evaziga yollay boshladilar.

Proksi urushlar, albatta, Sovuq urush davrining “hashamatli” xususiyati hisoblanadi. Sovet Ittifoqi va Qo‘shma Shtatlar, albatta, dunyoning turli mintaqalarida o‘z manfaatlarini daxlsiz saqlash uchun proksi urushlaridan juda keng foydalanishgan. Shuning uchun ham xalqaro munosabatlarning Sovuq urush davridagi kuchlar balansini o‘rganish jarayonida ushbu bosqichda yuz bergan proksi holatlariga juda e’tibor beradilar. Sovuq urush davrida Afg‘onistonda ikkala tomon ham mintaqani yoki hatto uning bir qismini nazorat qilsa, bu nomutanosiblikni keltirib chiqarishi mumkinligini juda yaxshi bilishardi, shuningdek, Sovet Ittifoqi Qo‘shma Shtatlarni o‘zining janubiy chegaralari yaqinida ko‘rishni, Qo‘shma Shtatlar esa Sovet Ittifoqi “Heartland”ning janubiy hududlarida o‘z pozitsiyasini mustahkamlashidan xavtorida edi. Siyosiy taranglik 1979-yil dekabr oyida kommunistik hukumatni qo‘llab-quvvatlash uchun Sovet Ittifoqining Afg‘onistonga (Afg‘oniston bu paytda allaqachon islomiy harakatlarga qarshi ichki qurolli mojarolar boshdan kechirayotgan edi) bostirib kirishiga olib keldi, bu esa Amerikaning kommunistik hukumatga qarshi kurashayotgan islomiy harakatlarga moliyaviy va harbiy yordami orqali mojaroga aralashishiga sabab bo‘ldi.

 

Proksi urushining asosiy motivlari

Proksi urushlarining motivlarini aniqlashdan oldin, ularni an’anaviy ittifoqchilikdan farqlab olishimiz kerak. Proksi munosabatlarida odatda agent vazifasini bajaruvchi tomon o‘z rahbarining buyruq va ko‘rsatmalari asosida harakatlanadi va strategik qarorlarni qabul qilish huquqi cheklanganligi bilan xarakterli. Biroq, ittifoqchilik munosabatlari esa o‘zaro tomonlarning teng huquqliligi, manfaatlar kesishuvi hamda o‘zaro tomonning konsensusi asosiga quriladi. Qizig‘i shundaki, muvaffaqiyatli proksi munosabatlarini boshlash uchun ham rahbar, ham proksi agent o‘zaro strategik qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezishi kerak va bu omil an’anaviy ittifoqchilik munosabatlarida ko‘zga tashlanmaydi. Global maydonda ittifoqchilarning pozitsiyalari ba'zan bir-biriga mos kelmasligi va hatto bir-biriga zid kelishi mumkin. Buning sababi shundaki, an'anaviy ittifoqchilar o‘zaro muqarrar ehtiyojga ega emaslar va mustaqil harakat qilish uchun yetarli kuchga ega.

Har bir mintaqada siyosiy kuchlar muvozanatini saqlashga bo‘lgan intilish proksi mavjudligining asosiy sharti hisoblanadi. Nizo kelib chiqishiga moyil hududlar, jumladan Yaqin Sharq, Afrika, Janubiy Amerika va hatto Sharqiy Yevropa ham ushbu nazariyaning mantiqan to‘g‘riligini ta’kidlaydi. Proksi urushlarida o‘z manfaatlari chegarasini mustahkamlashni niyat qilgan davlat albatta quyidagilardan birini o‘z tashabbusining bosh motivi sifatida ko‘radi va buni o‘z tashqi siyosiy faoliyatida yoritadi… Bu motivlarga:

  • mintaqada o‘z siyosiy ta'sirini kengaytirish;
  • mintaqadagi raqib davlatlarning siyosiy rolini kamaytirish;
  • mintaqadagi raqobatchi davlatning hukmronligini kamaytirish;
  • mintaqadagi qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi kuchlar muvozanatini saqlab qolish;
  • raqib davlat ta'siri ostida bo‘lgan uzoq mintaqada geosiyosiy notinchlik yaratish;
  • asosiy va antagonist raqib davlat o‘rtasidagi xavfsiz zonani saqlab qolish uchun bufer hududni saqlash kabilar kiradi.

Bu motivlar, garchi global o‘yinchilarning hech biri tomonidan ochiq e'lon qilinmasa-da, asosiy proksi foydalanuvchisining harakatlarida kuzatish mumkin. Aslida, proksi urushlari tarixi shuni ko‘rsatadiki, bu motivlarning hech biri biron bir global o‘yinchi uchun doimiy emas. Proksi motivlarining yuzaga kelishi mintaqa, o‘yinchilar, subyektlar hamda strategik manfaatlarga qarab o‘zgarishi mumkin. Misol uchun, Yaqin Sharqning aksariyat qismidagi proksi keyslarida, Qo‘shma Shtatlar, Rossiya kabi global kuchlar va Eron kabi mintaqaviy kuchlar mintaqada bir-birining rolini kamaytirish maqsadida bundan foydalanib kelmoqdalar, jumladan Eron Livanda Hizbullohni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlaydi, chunki bu Isroilning mintaqadagi siyosiy mavqeini yaxshilashiga to‘sqinlik qilishning eng yaxshi, minimal xavf keltiruvchi usuli yoki Rossiyaning Suriya fuqarolar urushi paytida Bashar al-Assad rejimini keng qo‘llab-quvvatlashi bu uzoq mintaqadagi  rus mavqeini saqlab qolishning muqobil yo‘li edi. Aniqroq aytganda, yollovchi davlat mintaqaning siyosiy barqarorligiga yaxshiroq ta'sir ko‘rsatishi uchun proksi tarmoqlaridan foydalanishning maqsadi hisoblanadi, ammo proksi agentlarning o‘zlari uchun ham boshqa alohida motivlar mavjud. Ular bundan mintaqadagi siyosiy holatga nisbatan o‘z pozitsiyalarini faol bildirish uchun foydalanadilar. Bu sabablar qurolli guruh, diniy yoki etnik ozchiliklar, terroristik tashkilotlar yoki hatto kichik hukumat uchun ham tabiatiga qarab farq qiladi. Bu sabablar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • proksi mavjud mintaqaning og‘ir siyosiy sharoitlarida omon qolish;
  • proksining siyosiy va mafkuraviy pozitsiyalarini mustahkamlash;
  • mintaqada siyosiy hokimiyatni qo‘lga kiritish;
  • mintaqadagi diniy, etnik va irqiy siyosat va o‘zgarishlarga faol munosabat bildirish;
  • pul topish uchun - odatda harbiy tashkilotlar bilan bog‘liq ishlarda kuzatiladi. Bu motivlar mo‘tadil xarakterga ega emas bo‘lib, hududdadi geosiyosiy taranglik, o‘yinchilarning almashinuviga mutanosib tarzda o‘zgarib borishi mumkin. Bundan tashqari, bu motivlar ba'zan birgalikda kelishi yoki alohida uchrashi mumkin, misol uchun, Livanda "Hizbulloh" siyosiy partiyasi odatda Livan parlamentidagi siyosiy roli va obro‘sini mustahkamlash, shuningdek, Isroilning shafqatsiz hujumlari sharoitida omon qolish uchun Erondan texnik, moliyaviy va harbiy yordam oladi. Sovuq urush davrida Nur Muhammad Taraki (1978-79) boshchiligidagi Afg‘oniston Xalq Demokratik Partiyasi (PDPA) inqilob orqali hokimiyat tepasiga keldi va Sovet Ittifoqidan darhol yordam so‘radi, birinchi navbatda PDPAning mafkuraviy va siyosiy mavqeini mustahkamlash, ikkinchidan, qattiq geosiyosiy sharoitda omon qolish uchun.

 

Mojarolarga moyil mintaqalar

Geosiyosiy tuzilmalarning ba'zi qismlari nima uchun mojarolarga moyil, boshqalari esa barqaror va mo‘tadil ekanligi haqida munozaralar ushbu hududlarning siyosiy tarixi, etnik rang barangligi, iqtisodiy va ijtimoiy holatiga chuqurroq nazar tashlashni talab qiladi. Shu munosabat bilan olimlar turli fikrlarni bildiradilar, masalan, Oksford universiteti siyosatshunosi Statis Kalyvasning fikricha, siyosiy parchalanish ba o‘zaro ichki nizoli hududlar mojaroga moyildir. Stenford universiteti siyosatshunosi Jeyms Firon o‘z maqolasida davlatning ziddiyatga moyil yoki yo‘qligi ushbu davlatning institutsional rivojlanganligi hamda samaradorligi va iqtisodiy holatiga qarab aniqlash mumkinligini ta’kidlaydi. Umuman olganda ikkala nazariya ham ayrim holatlarda asosli, biroq shunday hududlar borki, yuqoridagi holatlar kuzatilmasa ham mojarolar ro‘y bergan va bugungi kunda ham davom etmoqda. Masalan, Yugoslaviya 1990-yillarda Yevropadagi eng murakkab ichki mojarolardan birini boshdan kechirgan yoki Ukraina 2022-yildan beri boshdan kechirmoqda. Buning sababi zaif institutlar yoki past daromad emas, balki etnik parchalanish va doimiy qarama-qarshiliklardir.

Sovuq urush davridagi mojarolar xaritasi shuni ko‘rsatadiki (1945-1991), ularning aksariyati siyosiy tizim parchalanib ketgan, ichki mojarolar avj olgan yoki mafkuraviy va diniy qarama-qarshiliklar shiddatli bo‘lgan zaif mintaqalarda kuzatilgan. Masalan, Xitoyda ikki yadroviy derjava - Sovet Ittifoqi va Qo‘shma Shtatlarning olib borgan harakatlari, ularning ikki turli guruhlarni qo‘llab-quvvatlashi hamda buning oqibatida kommunistik hukumatning hokimiyatga kelishi yuqprodagi ta’rifga asos bo‘ladi. Ikki yirik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ikki Koreya davlatining holati agent va yollovchi davlat o‘rtasidagi yumshoq vakillik munosabatlari va o‘zaro mustahkam ittifoqning odatiy xususiyatlari bilan ideal misoldir. Shimoliy Koreya Sovet Ittifoqining Koreya yarim orolidagi kuchli ittifoqchisi hisoblangan, Janubiy Koreya esa, ayniqsa, 1970-yillarning oxiridan boshlab, savdo va og‘ir sanoatda gullab-yashnagan davridan beri Amerika Qo‘shma Shtatlarining ishonchli, uzoq ittifoqchisi sifatida ko‘rila boshladi. Ikkala holatda ham ikki yirik davlatning ikkita mintaqaviy davlat bilan munosabatlari faqat manfaatlarga asoslangan munosabatlar sifatida ko‘rilgan. Biroq, bu sof nazariya Koreya urushi davrida Qo‘shma Shtatlarning Uzoq Sharqqa nisbatan tashqi siyosati Domino nazariyasini amalga oshirish bilan mos kelganligi bilan shubha ostiga qo‘yiladi. Qo‘shma Shtatlar uchun kommunizmni cheklash uning harakatlarining eng kuchli vektori sifatida qaraladi. Qo‘shma Shtatlar prezidenti Garri Trumanning so‘zlariga ko‘ra, mintaqaning bir mamlakatida Sovet kommunistik mafkurasining tarqalishini nazorat qilish "qolganlarini qutqarish uchun birinchini to‘xtatish" konsepsiyasi uchun muhim edi. Sovet Ittifoqi uchun Qo‘shma Shtatlarning Janubiy Koreyaga ta'siri, uning iqtisodiy, texnologik va mafkuraviy kirib borishi Sovet Ittifoqining Uzoq Sharqdagi manfaatlariga beqiyos tahdid solgan, shuning uchun Sovet Ittifoqi “janubiy ittifoqchilardan” kelayotgan bosimni cheklashga harakat qilgan. Holatdan olingan xulosa shuni ko‘rsatadiki, bitta mintaqada ikki xil mafkuraviy asosga ega siyosiy qarama-qarshilik bir mamlakatning ikki xil davlatga parchalanishiga olib kelgan.

Rivojlanayotgan mamlakatlar va o‘tish davri iqtisodiyotiga proksi urushlarining ta'siri

XXI asrda yangi dunyo tartibi yangi mintaqaviy va global o‘yinchilarning paydo bo‘lishi bilan shakllanmoqda. Darhaqiqat, ularning xalqaro roli yuqori baholanmoqda, chunki ularning aksariyati bir-biri bilan iqtisodiy va pragmatik munosabatlarini yaxshilamoqda. Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi tomonidan e'lon qilingan hisobotga ko‘ra sakkizta “tayanch davlatlar”ga - Braziliya, Hindiston, Indoneziya, Meksika, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika va Birlashgan Arab Amirliklarining strategik tanlovlari xalqaro tartibning kelajagini chuqur shakllantiradi. Bu davlatlar o‘rnatilgan G‘arb ittifoqlari va o‘sib borayotgan revizionist kuchlar o‘rtasida harakatlanadi, bu ularning afzalliklarini global boshqaruv tizimlarining moslashishi yoki yo‘q qilinishi uchun juda muhim qiladi. Ularning kimligi, qiziqishlari va diplomatik xatti-harakatlarini o‘rganish orqali ushbu loyiha Qo‘shma Shtatlar va uning sheriklari ushbu aktyorlar bilan qanday qilib samaraliroq aloqada bo‘lishlari va buyuk davlatlar raqobatini boshqarishlari uchun asos yaratadi.

Biroq, rivojlanayotgan va o‘tish davridagi davlatlar iqtisodiyotidagi hozirgi vaziyat haqidagi savol hali ham munozara uchun ochiq. Bundan tashqari, ushbu proksi tarmoqlar ularga, ularning xalqaro miqyosiga qanday ta'sir qilishi proksi urushlarining axloqiy tabiatini o‘rganishni talab qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar odatda iqtisodiy, siyosiy, madaniy va mafkuraviy jihatdan notinch davrni boshdan kechiradilar va bu davrlardagi siyosiy vaziyat proksi urushlariga  moyil bo‘ladilar. Siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, ijtimoiy holatdan kelib chiqib bir nechta omillarni proksi chaqiruvchi omillar deb baholashimiz mumkin…Bular:

  1. Mamlakatning strategik joylashuvi : ba'zi rivojlanayotgan mamlakatlar bir yoki bir nechta yirik davlatlar bilan chegaradosh bo‘lgan nozik zonalarda joylashgan bo‘lib, bu xuddi shu holatning uzoqdagi versiyasiga nisbatan ikki baravar bosim yaratadi -
  2. Qozog‘iston, Ukraina, Meksika, Pokiston - proksi urushlari xavfi ancha yuqori bo‘lgan davlatlardir. Qozog‘iston Rossiya va Xitoy bilan chegaradosh mintaqada joylashgan, Ukraina Rossiya va NATO o‘rtasida bufer davlat sifatida joylashgan bo‘lib, bu uni siyosiy o‘yinlar uchun yaxshi jang maydoniga aylantiradi. Meksika Qo‘shma Shtatlarning tashqi qo‘shnisi, shuningdek, uning atigi ikkita qo‘shnisidan biri. Pokistonda esa Eron, Hindiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan murakkabroq holat mavjud bo‘lib, ular bilan odatda o‘zaro nizolar bo‘ladi.
  3. Turli etnik, diniy va til farqlariga ega mamlakatlar : aksariyat mamlakatlar aholisi etnik, diniy va madaniy jihatdan turlicha kelib chiqishga ega bo‘lib, bu odatda turli guruhlar o‘rtasida keskinlikni keltirib chiqaradi -
  4. Ukraina, Hindiston, Afg‘oniston, Eron - etnik aholi geografiyasi nomutanosib bo‘lgan misollar, masalan, Eronda umumiy aholining 25% ni ozarbayjonlar, 9% ni kurdlar tashkil qiladi. Afg‘onistonda umumiy aholining 22% ni pushtunlar tashkil etadi. Ukrainadagi rus ozchilik guruhlari umumiy aholining deyarli 18% ni tashkil qiladi. Bu raqamlar shuni ko‘rsatadiki, bu mamlakatlar bir etnik guruhli mamlakatlarga qaraganda proksi-diskriminantlarga ko‘proq moyil.
  5. Hindiston, Nigeriya, Isroil, Efiopiya - bu mamlakatlarda diniy ozchilik guruhlarining ulushi nisbatan yuqori, bu ular o‘rtasida mafkuraviy tafovut mavjudligidan dalolat beradi, masalan, Hindistonda aholining 15% musulmonlar, Nigeriyada aholining qariyb 50% musulmonlar, Isroilda 18% va Efiopiyada 30%i musulmon bo‘lib, mojarolarning aksariyati shu omil bilan bog‘liq.
  • Kam daromadli va og‘ir turmush sharoitiga ega mamlakatlar: tarix shuni ko‘rsatadiki, kambag‘al mamlakatlardagi siyosiy va mafkuraviy vaziyat beqaror bo‘lgan va tashqi tahdidlar tomonidan aralashish oson bo‘lgan. Aslida, past maoshlar, ocharchilik va yomon iqtisodiy va ijtimoiy siyosat harakatlantiruvchi omillar sifatida ko‘rilgan -
  1. Somali, Afgʻoniston, Suriya, Kongo - bu mamlakatlar iqtisodiy va ijtimoiy siyosati sust boʻlgan past daromadli mamlakatlar hisoblanadi va ularning har birida siyosiy va ijtimoiy notinchlik yaxshi proksi yoki boshqa turdagi mojarolarni keltirib chiqarish uchun yetarlicha yuqori. Masalan, Suriyada Rossiya va Qoʻshma Shtatlar qo‘llab-quvvatlovida uzoq davom etgan fuqarolar urushi (2000-2025), Birinchi Kongo urushi (1996-1997), Ikkinchi Kongo urushi (1998-2003) va Sharqiy Kongo urushi (2000-yillardan hozirgi kungacha) yoki Afgʻonistondagi fuqarolar urushi (1996-2001) mamlakatning iqtisodiy va madaniy holatining ahamiyatini koʻrsatadi.
  2. Zaif davlat institutlari va qonun ustuvorligining yo‘qligi : institutsional tuzilma muhim, chunki samarali hukumat va qonun ustuvorligi barqarorlik, rivojlanish va xavfsiz tizimni ta'minlaydi. Kuchli institutsional tuzilma va qonun ustuvorligi sof rivojlanish va xavfsiz siyosiy muhitni ta'minlaydigan bir qator misollar mavjud -
  3. Singapur, Yaponiya, Lyuksemburg, Daniya hamda Yangi Zelandiya - 2024-yilda Hukumat samaradorligi indeksi bo‘yicha yetakchi davlatlar hisoblangan (-2.5 zaif; 2.5 kuchli) . Ushbu ro‘yxatdagi eng past baho Yangi Zelandiyaga berilgan - 1.84.
  4. Daniya, Lyuksemburg, Finlyandiya, Shveytsariya hamda Singapur - 2024- yilda korruptsiyani nazorat qilish indeksi bo‘yicha yetakchi davlatlar (-2.5 zaif; 2.5 kuchli) sifatida baholangan . Eng past baho Singapurga berilgan - 1.97.
  5. Yangi Zelandiya, Shveytsariya, Singapur, Daniya va Finlyandiya - GPI (Global tinchlik indeksi) ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatlarning tinchligini o‘lchaydigan kompozit indeks bo‘lib, har biri 1-5 balllik shkala bo‘yicha baholangan 23 ta miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlaridan iborat. Ball qanchalik past bo‘lsa, mamlakat shuncha tinchroq bo‘ladi va bu mamlakatlar dunyoning eng yaxshi 10 ta mamlakati qatoriga kiritilgan.

Rivojlanayotgan mamlakatlar va o‘tish davri iqtisodiyotiga proksi urushlarining ta'siri doimiy ravishda o‘lchanmaydi; buning sababi, atamaning o‘zi va uning talqini hukumat darajasida muhokama qilish uchun to‘liq qamrab olinmagan. Biroq bir qator umumiy tushunchalar mavjud. Bu tushunchalar iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy ta'sirlarni o‘z ichiga oladi.

Iqtisodiy ta'sirlar - proksi urushlari yoki boshqa har qanday mojarolar odatda ushbu urushlarda agent sifatida faol ishtirok etayotgan mamlakat uchun iqtisodiy cheklovlar va uzoq muddatli inqirozni keltirib chiqaradi. Ushbu oqibatga olib keladigan odatiy omillar mavjud, birinchi navbatda, uning printsipiallari yoki boshqacha aytganda, "homiylar" dan doimiy moliyaviy yordam, bu proksilarning "chiroyli" mantig‘i bo‘lib, homiy har doim o‘yinda o‘z o‘yinchisiga yordam beradi. Homiylar sonining oshishi moliyaviy qaramlikni shu darajada oshiradi. Ushbu yordam paketlari asosan moliyaviy mablag‘, qurol yarog‘, o‘q-dori, xom-ashyo hamda boshqa moddiy talablarni qodirishni o‘z ichiga oladi. Rivojlanayotgan davlatning proksi urushlarga aralashuvi og‘ir iqtisodiy holatning davomiyligini ta’minlaydi. Aytish mumkinki, tashqi siyosiy holatni iqtisodiy vaziyat bilan mutanosib tarzda ushlash juda ham muhimdir.

 Siyosiy ta'sir - proksi urushlari siyosiy inqirozni yuzaga keltirishning eng yaxshi usuli deb hisoblanadi. Rivojlanayotgan davlatlar odatda proksi o‘yinlariga aralashmaydi, sababi aniq, bu rivojlanish kayfiyatini buzishning eng halokatli usuli. Amalda, rivojlanayotgan davlatlar odatda inson huquqlari, demokratiya va liberalizatsiya bo‘yicha ichki siyosati uchun xalqaro bosim, sanksiyalar yoki hech bo‘lmaganda tashqaridan tanqidga duch kelishadi. Biroq, ularning proksi sifatidagi harakatlari uchun olgan reaksiyasi ishning keskinlashuvidan boshqa narsa emas. Tashqaridan mumkin bo‘lgan reaksiyalar diplomatik bosim, siyosiy sanksiyalar, izolyatsiya va boshqa mumkin bo‘lgan variantlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Biroq, ichkaridan vaziyat jiddiy bosqichga o‘tishi, ommaviy norozilik namoyishlari, qurolli mojarolar, fuqarolar urushi, hukumatni ag‘darish, tinch aholining parchalanishi va boshqalar bo‘lishi mumkin.

Mafkuraviy ta'sir - kuchli rahbariyat uchun fuqarolarning ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi muhim omil. Ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlar odatda betaraflikni, har qanday mamlakat bilan pragmatik munosabatlarni, boshqa mamlakatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilishni, iqtisodiy sheriklikni o‘z tashqi siyosatining asosiy tamoyillari sifatida e'lon qiladilar. Bular xalqaro tinchlik va xavfsizlikning umum qabul qilingan qoidalaridir. Mojarolarda doimiy ishtirok etish, birinchidan, fuqarolarning o‘z hukumatiga bo‘lgan ishonchini, ikkinchidan, "yosh", rivojlanayotgan mamlakatning obro‘sini pasaytiradi. Kelajakdagi rivojlanish uchun ishlab chiqilgan mamlakatning milliy mafkurasi bu mojaro kengayishi bilanoq yo‘q qilinadigan birinchi ob'ektdir. Umumiy ambitsiyalari modernizatsiya, rivojlanish va tinch hayotga asoslangan millat bu mojarolardan aziyat chekadi va o‘z ambitsiyalarini ochlik, stress, izolyatsiya, boshpana va qo‘rquv bilan almashtiradi.

 

Xulosa

Ushbu proksi urushlari zamonaviy xalqaro munosabatlar uchun foydalimi yoki ular keraksiz vosita va xalqaro normalar va majburiy hujjatlar bilan yo‘q qilinishi kerakmi degan munozaralar hamon davom etmoqda. Bir tomondan, u Ikkinchi Jahon urushidan keyingi davrdan to hozirgi kungacha turli holatlarda yadroviy tahdidlarning oldini olish uchun ishlatilayotgan vosita sifatida, ammo boshqa tomondan, begunoh odamlarning tinch hayotiga putur yetkazadigan, uzluksiz mojarolarni keltirib chiqaradigan va diniy, etnik va irqiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradigan o‘yin taktikasi sifatida qaraladi. Proksi urushlarining axloqiy qadriyatlari ham yollovchi, ham yollanuvchi uchun maqbuldir, mintaqaviy masalalarga aralashish va hokimiyatni mustahkamlash motivi ikkala  yaratuvchi uchun asosiy omillar sifatida qabul qilinadi.

Proksi urushlariga moyil mintaqalar sifatida hali hech bir global kuch tomonidan “ta’sir ostiga” olinmagan hududlar  tushuniladi.  Super kuchlar ushbu mintaqalarda o‘z manfaatlarini turli yo‘llar bilan izlaydilar; zaif hukumatlar, ozchilik guruhlari, siyosiy partiyalar, harakatlar, mustaqil harbiy tashkilotlar va boshqalar. Mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy siyosati, aksariyat hollarda, mintaqa proksi urushlariga tayyor yoki yo‘qligini belgilaydi. Mintaqadagi vaziyat qanchalik og‘irlashsa, proksi urushini boshlash uchun asos sifatida shuncha ko‘p qabul qilinadi. Proksi urushini boshlash uchun asos sifatida qabul qilinadigan muhim xususiyatlarga ega mamlakatlar hisobga olinadi va bu muhim xususiyatlarga ularning strategik joylashuvi, ichki siyosati, etnik va diniy diversifikatsiyasi va mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy holati va boshqalar kiradi, bu esa tayyorgarlikni baholash me’zoni sanaladi.

Proksi urushlariga eng ko‘p moyil bo‘lgan mamlakatlar sanab chiqildi va ularning aksariyati Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyoda ekanligi xulosa qilindi. Buning sababi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy siyosat inqirozi, barqaror rivojlanishning yo‘qligi va institutsional tuzilmaning sustligidir. Proksi urushlarining iqtisodiy ta'siri uzoq davom etadigan inqiroz, moliyaviy jihatdan boshqalarga, ayniqsa qarzdor mamlakatlarga (yoki homiylarga) qaram bo‘lish, sanoat rivojlanishi va xorijiy investitsiyalarning yo‘qligidir. Siyosiy ta'sir izolyatsiya, sanktsiyalar va xalqaro bosim bo‘lib, ular asosan mamlakatning ichki barqarorligiga putur yetkazib,  ommaviy norozilik namoyishlariga yoki hatto hukumatni ag‘darishga olib keladi. Xulosa shuni ko‘rsatadiki, ichki oqibatlar tashqi oqibatlardan ko‘lam jihatidan ancha keng. Va nihoyat, proksi urushlarining mafkuraviy ta'siri, birinchi navbatda, millatning milliy rivojlanish axloqiga hamda  xalqaro maydondagi obro‘siga putur yetkazadi.

 

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.