Sun’iy intellektning milliy xavfsizlik strategiyasiga ta’siri

Tahliliy nashrlar

18 Dekabr 2024

Ulashish

Sun’iy intellektning milliy xavfsizlik strategiyasiga ta’siri

Amerika tadqiqotlari markazi ilmiy xodimi Shaxzoda Jumaniyozova o‘zining yangi maqolasida sun’iy intellekt (SI) bugungi kunda milliy xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynayotganini ta’kidlaydi. SI ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash va kiberhujumlar hamda axborot manipulyatsiyalari tahdidlarini aniqlashga yordam bermoqda. Dunyoning yetakchi davlatlari, jumladan, AQSH, Xitoy va Rossiya harbiy tizimlar samaradorligini oshirish va yangi xavflardan himoyalanish uchun sun’iy intellektdan faol foydalanmoqda.

 

Biroq, muallif ta’kidlashicha, sun’iy intellektning rivojlanishi algoritmlarning zaifligidan tortib, avtonom qurollarni qo‘llash bo‘yicha axloqiy bahslargacha bo‘lgan muammolarni keltirib chiqarmoqda. O‘zbekiston uchun xavfsizlik strategiyasiga sun’iy intellektni faol joriy etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ishonchli huquqiy asos yaratish va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega. Bu nafaqat mamlakat xavfsizligini mustahkamlash, balki tez o‘zgaruvchan texnologiyalar dunyosiga moslashish imkonini ham beradi.

 

Tahliliy sharhni (rus tilida) o‘qing

 

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.