Xitoy Kommunistik partiyasi insonlarni birinchi o‘ringa qo‘yishni qadriyat sifatida qat’iy himoya qilmoqda

Tahliliy nashrlar

03 Dekabr 2024

Ulashish

Xitoy Kommunistik partiyasi insonlarni birinchi o‘ringa qo‘yishni qadriyat sifatida qat’iy himoya qilmoqda

“People’s Daily” gazetasida e’lon qilingan tahliliy sharhda IXTI Xitoy tadqiqotlari dasturi rahbari Abbos Boboxonov Xitoyning o‘ziga xos uslubda modernizatsiyalashuvga intilishini innovatsion strategiyalar orqali ko‘rib chiqadi. Muallif XXR MK 20-chaqiriq Uchinchi plenumida qabul qilingan “Islohotlarni yanada chuqurlashtirish va Xitoyga xos modernizatsiyani ilgari surish to‘g‘risida”gi qarorning ahamiyatini ta’kidlaydi. Keng ko‘lamli tadqiqotlar va maslahatlashuvlar asosida qabul qilingan ushbu qaror adolatli rivojlanishni ta’minlash uchun xalq manfaatlariga yo‘naltirilgan islohotlarga e’tibor qaratadi.

 

Hujjatda ta’kidlanishicha, global iqtisodiy va geosiyosiy muammolar sharoitida Xitoyning modernizatsiya yo‘li islohotlar va ochiqlikka pragmatik hamda bosqichma-bosqich yondashuvga bog‘liq. Muallif bu sa’y-harakatlar fuqarolarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va bozor samaradorligi hamda boshqaruv samaradorligini uyg‘unlashtirgan ishonchli iqtisodiy tuzilmani yaratishga qaratilganligini qayd etadi.

 

Bundan tashqari, muallif Xitoyning mehnat unumdorligini oshirish va innovatsion salohiyatini mustahkamlash orqali tarkibiy o‘zgarishlarni jadallashtirish rejalariga alohida e’tibor qaratadi. Ushbu islohotlar dasturi, shuningdek, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida infratuzilma va energetika sohasidagi hamkorlik orqali Markaziy Osiyo bilan aloqalarni mustahkamlash imkoniyati sifatida ham qaralmoqda. Maqolada Xitoyning islohotlar yo‘nalishi nafaqat ichki o‘sishga, balki mintaqaviy va global farovonlikka ham hissa qo‘shishi to‘g‘risida xulosa qilingan.

 

Tahliliy maqolani “People’s Daily” saytida o‘qing

 

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.