AQSHning pul-kredit siyosatidagi o‘zgarishlar jahon iqtisodiyotida global xavf-xatarlarning kuchayishiga olib kelmoqda

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

25 Sentabr 2024

Ulashish

AQSHning pul-kredit siyosatidagi o‘zgarishlar jahon iqtisodiyotida global xavf-xatarlarning kuchayishiga olib kelmoqda

Antropologiya va konfliktologiya laboratoriyasi rahbari, doktor Azamat Seitov “Sinxua” agentligiga bergan maxsus intervyusida AQSHning pul-kredit siyosatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq global iqtisodiyot xavf-xatarlari haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, AQSH Federal zaxira tizimi (FZT) foiz stavkasining pasayishi qisqa muddatda dollar likvidliligini oshirishi va jahon iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Biroq, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda bu jarayon moliya bozorlarida beqarorlikni kuchaytiradi, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun inflatsiya va qarz xavflarini oshiradi.

 

Doktor Seitov ta’kidlaganidek, foiz stavkalarining pasayishi natijasida yuqori daromad izlash maqsadida kapitalning tez sur’atlar bilan harakatlanishi jahon bozorlarida narxlar tebranishini kuchaytirishi va investitsion xatarlarni oshirishi mumkin. O‘z navbatida, dollar aktivlari jozibadorligining pasayishi dollar kursining tebranishiga ta’sir qilishi mumkin. Mutaxassis qo‘shimcha qilishicha, AQSHning pul-kredit siyosati bilan bog‘liq manipulyatsiyalar, ayniqsa prezidentlik saylovlari arafasida, «gullab-yashnash-inqiroz-tushkunlik» tsikllarini kuchaytirgan holda jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

 

Toʻliq intervyuni “Sinxua” veb-saytida oʻqing