Papalikka ham da’vo qilgan Tramp qanday shaxs?

Sharh

12 May 2025

Ulashish

Papalikka ham da’vo qilgan Tramp qanday shaxs?

Fazliddin Djamalovning fikriga ko‘ra, Donald Tramp shaxsiy ambitsiyalari chuqur, mag‘rur va o‘z kuchiga mutloq ishongan rahbar sifatida namoyon bo‘ladi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, u o‘zini dunyoni yo‘naltiruvchi kuchli shaxs deb hisoblaydi, har bir qarorida “foyda bormi – bajaraman” tamoyilini qo‘llaydi va odatda muayyan kichik-tashkiliy masalalarning ichki-ichki jihatlariga kam e’tibor beradi. Tramp kuchli iroda, sadoqat va moslashuvchanlik xususiyatlariga ega bo‘lib, o‘zi “xalq tanlagan lider” deb tan olinishini istaydi va hamrohlar bilan shaxsan hurmatga asoslangan aloqani afzal ko‘radi.

 

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, Trampning siyosiy qarashi asosan konservativ tamoyillarga tayangan: u an’anaviy qadriyatlarni faol himoya qilib, globalizm, liberaldemokratiya va ko‘p tomonlama diplomatiyani keskin tanqid qiladi. Djamalov aytishicha, Tramp “Amerika amerikaliklar uchun” shiori asosida harakat qilib, liberallar, Demokrat partiya va G‘arbiy Yevropa ijobiy progessiv partiyalariga qarshi chiqqan holda, Rossiya, Isroil va boshqa konservativ davlatlarni qo‘llab-quvvatlash siyosatini ilgari suradi.

 

Mutaxassis fikriga ko‘ra, Trampning tashqi siyosati neorealistik modelga asoslanib, xalqaro masalalarda ikki tomonlama muzokaralarga urg‘u beradi va “Buyuk Amerika” g‘oyasini milliy manfaatdan ustun qo‘yadi. U Parij iqlim kelishuvidan chiqish va NATOdagi majburiyatlarni qayta ko‘rib chiqish orqali mustaqil siyosat yuritishni maqsad qilgan, jahon hamkorligida faqat AQSh manfaatlari to‘g‘ri kelsa ishtirok etadi.

 

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, Tramp qaror qabul qilishda ommaviy fikrga unchalik tayanmaydi, aksincha, “deal-maker” sifatida quvvat va foyda omillarini asosiy mezon deb biladi. U siyosiy vaziyatga tez moslashish imkonini beruvchi noan’anaviy, dinamik uslubni afzal ko‘rar ekan, bu yondashuv uning global sahnadagi yetakchiligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

To‘liq intervyuni O‘zA saytida o‘qing

 

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.