Azamat Seitov Xitoyning Sinxua axborot agentligiga bergan eksklyuziv intervyusida o‘z ekspert fikri bilan o‘rtoqlashdi
2024-yil 9-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasi hukumati rasmiy axborot agentligining veb-portalida Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti Antropologiya va konfliktologiya markazi rahbari doktor Azamat Seitov bilan intervyu e’lon qilindi.
Mutaxassis o‘z intervyusida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi bo‘yicha shartnoma imzolanishining ahamiyati haqida gapirib, buni tarixiy voqea deb atadi. Uning qayd etishicha, mazkur loyiha mintaqadagi iqtisodiy hamkorlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekistonning transport imkoniyatlarini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va mamlakatning sarmoyaviy jozibadorligini oshirish imkonini beradi.
Suhbatning toʻliq matnini oʻqing