JIDUda AQShning Toshkent shahridagi elchixonasi xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

JIDUda AQShning Toshkent shahridagi elchixonasi xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

news_in

Joriy yilning 2-iyul kuni jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor A. Umarov, fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G. Ismoilova AQShning Toshkentdagi elchixonasi Ommaviy diplomatiya bo‘limi xodimlari Xarrris Lipskomb va Saida Musaxanova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv kun tartibida ta’lim sohasidagi istiqbolli loyihalar, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, tomonlar ilmiy-tadqiqot hamkorligini jadallashtirish, Fulbright dasturlarida ishtirok etishni muhokama qildilar va kelgusi tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdilar.

AQSh elchixonasi IXTI Amerikani o‘rganish markazi faoliyatiga ijobiy baho berdi, shuningdek, amerikalik diplomatlar tomonidan ma’ruzalar o‘tkazishni davom ettirishga qiziqish bildirdi.