Ispaniyaning ta’lim bo‘yicha delegatsiyasi JIDUga tashrif buyurdi

Ispaniyaning ta’lim bo‘yicha delegatsiyasi JIDUga tashrif buyurdi

news_in

Joriy yilning 24 aprel kuni Ispaniya Qirolligi delegatsiyasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi. Ispaniya delegatsiyasi tarkibiga Universitetlar vazirligi, Huelva universiteti, Salamanka pontifik universiteti, Madrid politexnika universiteti, Valyadolid universiteti, shuningdek, Ispaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari kirdi.


 

Oʻz navbatida, ikki mamlakat universitetlari oʻrtasida taʼlim almashinuvi tizimini, jumladan, stajirovkalarni moliyalashtirish va grantlar ajratish yoʻli bilan yaratishga tayyorligi bildirildi. Jan Monne va Erasmus+ dasturlari orqali JIDUda ispan tilini yanada rivojlantirish loyihalari istiqbolli deb topildi. Yevropa tomoni yaqin kelajakda JIDU qoshidagi Diplomatik akademiya talabalari Madriddagi Diplomatik akademiyada amaliyot o‘tashini ma’lum qildi.

Shuningdek, Ispaniyadagi universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qiziqish bildirildi.

Yig‘ilishda IXTI direktori o‘rinbosari Akram Umarov va IXTI Yevropa tadqiqotlari markazi rahbari Rustam Qayumov ishtirok etdi.