Frontier Talks. Amerikashunoslik bo‘yicha birinchi mahorat darsi: AQShning tarixiy va siyosiy asoslarini tahlil qilish

Frontier Talks. Amerikashunoslik bo‘yicha birinchi mahorat darsi: AQShning tarixiy va siyosiy asoslarini tahlil qilish

news_in

22-fevral kuni Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutida (IXTI) Frontier Talks platformasi doirasida IXTI Ko‘ngillilar klubi tomonidan tashkil etilgan amerikashunoslik bo‘yicha maxsus kursning birinchi mahorat darsi o‘tkazildi. Ma’ruzani doktor Islomxon Gafarov va Fazliddin Djamalov olib borishdi va talabalarga Amerika Qo‘shma Shtatlarining shakllanishidagi tarixiy va siyosiy asoslarni chuqur tahlil qilib berdi.

 

Mahorat darsi davomida ishtirokchilar Amerika davlatchiligining shakllanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omillarni batafsil o‘rgandilar. Mustaqillikka erishishning shart-sharoitlari, AQSH siyosiy tizimini shakllantirgan g‘oyaviy oqimlar va falsafiy tushunchalar, shuningdek, bu jarayonda yirik mutafakkir va olimlarning o‘rni ko‘rib chiqildi. AQSH Konstitutsiyasiga mamlakatning demokratik davlat tuzilishiga asos solgan eng muhim hujjatlardan biri sifatida alohida e’tibor qaratildi.

 

Amerikashunoslik bo‘yicha maxsus kurs Amerika siyosiy tizimi, tarixi va huquqiy institutlarini o‘rganishga qaratilgan ma’ruzalar va munozaralar turkumi bilan davom etadi. Keyingi uchrashuvlarda talabalar AQShdagi zamonaviy siyosiy tendensiyalarni muhokama qilishlari, shuningdek, Amerika tashqi siyosatining global jarayonlarga ta’sirini baholashlari mumkin bo‘ladi.

 

Kurs tashkilotchilari ta’kidlashicha, Ko‘ngillilar klubi ta’lim tashabbuslarini davom ettirib, talabalar va keng jamoatchilikka mutaxassislar bilan muloqot qilish, chuqur ilmiy munozaralarda ishtirok etish va xalqaro munosabatlar sohasidagi bilimlarini kengaytirish imkoniyatini taqdim etadi.