2026-yilning 14–16-oktyabr kunlari Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutining Iqtisodiy diplomatiya markazi rahbari, Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Gavhar Sultanova Tailandning Bangkok shahrida Fridrix Ebert jamg‘armasining Osiyo-Tinch okeani bo‘limi tomonidan tashkil etilgan “2030-yildan keyin: mintaqada sheriklik orqali tashabbusni tiklash” mavzusidagi mintaqalararo geoiqtisodiy laboratoriyada ishtirok etdi.
Tadbirda 20 dan ortiq mamlakat vakillari qatnashdi. Muhokamalarda geoiqtisodiy raqobatning davlatlar taraqqiyotiga ta’siri, savdo cheklovlari va texnologik raqobat, ta’minot zanjirlarining o‘zgarishi hamda milliy rivojlanish modellarini moslashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ayrim sessiyalar savdo, qarzlarni qayta tuzish, iqlim, sog‘liqni saqlash va muhim minerallar sohalaridagi xalqaro hamkorlikka, shuningdek geosiyosiy keskinlik sharoitida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga bag‘ishlandi.
Laboratoriyada ishtirok etish turli mamlakatlar tajribasi va o‘zgarib borayotgan geoiqtisodiy sharoitda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yondashuvlari bilan tanishish imkonini berdi. Tadbir materiallari va tahliliy xulosalar IXTIning ilmiy-tadqiqot hamda ta’lim faoliyatida, jumladan xalqaro savdo, iqtisodiy diplomatiya va O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi masalalarini o‘rganishda foydalanilishi mumkin.