IXTIda “Tojikistondagi migratsiya paradokslari: yaxshi hayot izlash sari” nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

IXTIda “Tojikistondagi migratsiya paradokslari: yaxshi hayot izlash sari” nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

news_in

Joriy yilning 20-may kuni JIDU huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutida Sasseks universiteti tadqiqotchisi (Buyuk Britaniya) Elena Borisovaning ‘Tojikistondagi migratsiya paradokslari: yaxshi hayot izlash sari” nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirning ochilishida, JIDU o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori – IXTI direktorining o‘rinbosari Akram Umarov Markaziy Osiyo muammolari bo‘yicha yosh tadqiqotchilar orasida qiziqish ortib borayotgani munosabati bilan shu kabi tadbirlarni o‘tkazish muhimligini ta’kidladi.

Kitob taqdimoti davomida Yelena Borisova tojikistonliklarning yaqin xorijiy mamlakatlarga ko‘chib o‘tish omiliga ta’sir qiluvchi ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivoyatlar haqida gapirdi.

Tadbir yakunida JIDU talabalari va magistrantlari kitob muallifi bilan Markaziy Osiyodagi migratsiya masalalari bo‘yicha fikr almashish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Ushbu nashr 2024-yil 28-mayda quyidagi veb-saytda yuklab olish mumkin bo‘ladi: https://www.uclpress.co.uk/products/237844