28-aprel kuni IXTI direktori o‘rinbosari Odil Gafarov hamda yetakchi ilmiy xodim Mushtariy Usmonova Fransiyaning Sharq tillari va sivilizatsiyalari milliy instituti (INALCO) tadqiqotchisi Romen Sidos bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Romen Sidos o‘z tadqiqotining asosiy yo‘nalishlari haqida so‘zlab, O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi zamonaviy jarayonlarni o‘rganish bilan bog‘liq asosiy masalalarni taqdim etdi.
O‘z navbatida, IXTI vakillari mehmonni institut faoliyati, uning tadqiqot ustuvorliklari, tahliliy yo‘nalishlari va joriy loyihalari bilan tanishtirdi.
Shuningdek, tomonlar ikki tashkilot o‘rtasidagi ilmiy-akademik va ekspertlar hamkorligini rivojlantirish, jumladan, tadqiqot materiallari almashish, qo‘shma muhokamalar o‘tkazish va kasbiy aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.