IXTI ekspertlari Sent-Endryus universiteti vakili doktor Mark De Vor bilan uchrashdi

IXTI ekspertlari Sent-Endryus universiteti vakili doktor Mark De Vor bilan uchrashdi

news_in

IXTI direktor o‘rinbosari Odil Gafarov, yetakchi ilmiy xodimlar Mushtariy Usmonova va Madinaxon AlimovaSent-Endryus universitetining Xalqaro munosabatlar maktabi katta o‘qituvchisi doktor Mark De Vor bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar xalqaro munosabatlardagi mavjud tendensiyalar, mintaqaviy xavfsizlik, shuningdek, ilmiy va ekspertlar darajasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi. Ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash va qo‘shma tahliliy ishlarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tomonlar kelgusidagi hamkorlikning ehtimoliy yo‘nalishlari, jumladan, qo‘shma tadqiqot tashabbuslari, ekspert muhokamalari, akademik almashinuvlar hamda talaba va tadqiqotchilar uchun ma’ruzalar tashkil etish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv IXTIning xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.