BMT Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘ining O‘zbekistondagi milliy tarmog‘i – SDSN Uzbekistan’ning rasmiy ishga tushirilishi

BMT Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘ining O‘zbekistondagi milliy tarmog‘i – SDSN Uzbekistan’ning rasmiy ishga tushirilishi

news_in

Biz SDSN UzbekistanBMTning Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i (UN Sustainable Development Solutions Network, SDSN) milliy tarmog‘i rasman ishga tushirilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) hamda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) hamkorligida faoliyat yurituvchi SDSN Uzbekistan ilmiy hamjamiyat, tahlil markazlari, davlat organlari va boshqa manfaatdor tomonlarni birlashtirish orqali ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, innovatsion yechimlarni ilgari surish hamda tarmoqlararo hamkorlikni kengaytirish asosida Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishga ko‘maklashishni maqsad qiladi.

JIDU SDSN Uzbekistan doirasidagi akademik faoliyatni muvofiqlashtiruvchi tayanch muassasa sifatida, MHTI esa Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) bilan hamkorlikda Tarmoqning tahliliy hamda ekspert-siyosiy yo‘nalishlari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi tashkilot sifatida faoliyat yuritadi.

Kelgusi oylarda quyidagi yo‘nalishlar ustuvor vazifalar etib belgilanadi:

  • Rahbarlar kengashini shakllantirish;
  • ustuvor tematik yo‘nalishlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
  • a’zo tashkilotlar va hamkorlarning milliy tarmog‘ini kengaytirish;
  • SDSN Uzbekistan’ning rasmiy ochilish marosimini tashkil etish;
  • Tarmoqning dastlabki ikki yillik faoliyat dasturini ishlab chiqish.

O‘zbekiston va xorijdagi universitetlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, tahlil markazlari, rivojlanish tashkilotlari hamda boshqa manfaatdor hamkorlarni ilmiy asoslangan yechimlarni ilgari surish va barqaror kelajak yo‘lida hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarimizga qo‘shilishga taklif etamiz.

Rasmiy e’lon bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://www.unsdsn.org/news/sdsn-welcomes-its-60th-network-sdsn-uzbekistan