Joriy yilning 1 aprel kuni JIDU huzuridagi Ilg‘or xalqaro tadqiqotlar institutida Rossiya Fanlar akademiyasining Xitoy va zamonaviy Osiyo instituti direktori Q.Babayev boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik kun tartibini, shuningdek, mintaqaviy va global rivojlanishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Markaziy Osiyo mintaqasini oʻrganish boʻyicha mutaxassislarning oʻzaro hamkorligini kuchaytirishga asosiy eʼtibor qaratildi.
IXTI direktori Sh. Abdullayev rossiyalik mehmonlarga institut faoliyati va o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. U Rossiya Fanlar akademiyasining Xitoy va Zamonaviy Osiyo instituti bilan ham Markaziy Osiyo, ham Xitoy va Sharqiy Osiyo tadqiqotlari doirasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. O‘z navbatida, rossiyalik mehmon ishtirokchilarni Rossiya Fanlar akademiyasining Xitoy va Zamonaviy Osiyo instituti amalga oshirilayotgan ishlar va so‘nggi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi, ayniqsa, Markaziy Osiyo tadqiqotlariga katta qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar JIDU huzuridagi IXTI va Rossiya Fanlar akademiyasining Xitoy va Zamonaviy Osiyo instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar.