Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) malakali yetkazib beruvchilarni “O‘zbekistonning milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish (MUNIS)” loyihasi doirasida logistika xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha takliflar berishga taklif etadi.
2024-yilda IXTI barqaror rivojlanish, xalqaro savdo, iqlim va energetika diplomatiyasi, shuningdek, mintaqaviy siyosiy muloqot sohalarida institutsional salohiyatni mustahkamlash maqsadida MUNIS loyihasi doirasida Davlat tadqiqot institutlarini modernizatsiya qilish dasturi (PRIM) bo‘yicha grant oldi. Loyihani amalga oshirish doirasida salohiyatni oshirish, strategik rejalashtirish, bilim almashish va jamiyatni jalb qilish bo‘yicha asosiy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishini ta’minlash uchun logistik yordam talab etiladi.
Tanlangan yetkazib beruvchi quyidagilar uchun mas’ul bo‘ladi:
Tanlov mezonlari:
Ariza topshirish tafsilotlari:
Manfaatdor yetkazib beruvchilar texnik topshiriqda ko‘rsatilganidek, kompaniya profili hamda aviachiptalar va mehmonxona xonalari narxlarining batafsil jadvallarini taqdim etishlari lozim.
Arizalarni topshirish muddati: 2025-yil 23-sentyabr, soat 23:59 (Toshkent vaqti bo‘yicha)
Arizalarni yuborish uchun elektron manzil: info@iais.uz (Shaxboz Axmedov nomiga)