1-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Barqaror rivojlanishga o‘tish: zamonaviy dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish” mavzusida ilmiy-amaliy davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yosh olimlar, tadqiqotchi talabalar hamda ekologik barqarorlik va iqtisodiy rivojlanish masalalariga qiziquvchi mutaxassislar ishtirok etdilar. Davra suhbati JIDU Talabalar ilmiy jamiyati va Eko-klubi tomonidan tashkil etildi.
Tadbirni JIDU yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Odil Yusupjanov, Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani Mirzoumid Xamdamov, Talabalar ilmiy jamiyati raisi Komronbek Alisherov va Eko-klub koordinatori Shaxruz Gulmetov kirish so‘zlari bilan ochdilar.
Ma’ruzachilardan biri IXTI Barqaror rivojlanish markazi yetakchi ilmiy xodimi Odilbek Manabov edi. U “Suv va energiya Markaziy Osiyoda kelajak barqarorligi va xavfsizligining asosi sifatida” nomli mavzusidagi ma’ruzasida bir qator muhim jihatlarga e’tibor qaratdi:
Davra suhbati ishtirokchilarga ilmiy tajriba almashish, "yashil" iqtisodiyot va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi dolzarb muammolarni muhokama qilish imkonini berdi. Muhokama doirasida qimmatli ekspertlik fikr-mulohazalari va takliflari bildirildi. Tadbir yakunida ilmiy tezislar to‘plamini nashr etish rejalashtirilmoqda.