IXTIda Buyuk Britaniya elchixonasi maslahatchisi bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

IXTIda Buyuk Britaniya elchixonasi maslahatchisi bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

news_in

5-fevral kuni Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutida (IXTI) Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasining siyosiy maslahatchisi David Pert bilan ishchi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda direltor o‘rinbosari Odil Gafarov hamda yetakchi ilmiy xodimlar Mushtariy Usmonova va Aziza Muxammedova ishtirok etdilar.

Muloqot davomida tomonlar amaldagi hamkorlik holati hamda o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Uchrashuvda ekspertlararo muloqotni mustahkamlash, tahliliy almashinuvni rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, ilmiy tadqiqotlar, akademik hamkorlik va xorijiy mutaxassislarni institut faoliyatiga jalb etish bo‘yicha imkoniyatlar ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.