Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) hamda Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) sizni Frontier Talks turkumidagi navbatdagi ekspert ma’ruzasiga taklif etishdan mamnun: “Xitoyning keyingi bosqichi: ichki o‘zgarishlar va global ishtirok” – bugungi global geosiyosiy manzarani shakllantiruvchi muhim masalalardan biriga bag‘ishlangan onlayn sessiya.
Ma’ruzani Kent universiteti (Buyuk Britaniya) Siyosat va xalqaro munosabatlar maktabining postdoktorlik tadqiqotchisi, IXTI Osiyo-Tinch okeani tadqiqotlari markazi tashrif buyuruvchi ilmiy xodimi Frank Marakkioneo‘tkazadi. U avvalroq Global Partners Governance (Londondagi nodavlat tashkilot) kompaniyasida katta ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritib, Xitoy-Markaziy Osiyo munosabatlari loyihasiga hissa qo‘shgan. Sheffild universitetida (Buyuk Britaniya) “Shanxaydagi Amir Temur: O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarida faoliyat markazini aniqlash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Ma’ruza davomida ishtirokchilar quyidagilarni muhokama qiladilar:
Sana: 20-dekabr
Vaqt: 15:50 (Toshkent vaqti bo‘yicha)
O‘tkazilish joyi: JIDU anjumanlar zali
Zoom-havola: https://us06web.zoom.us/j/82308246701?pwd=NTkl9KW2rJWfIA7ojf5GagdAy5FMPm.1