Frontier Talks. Markaziy Osiyo tadqiqotlarining konseptual muammosi

-

O'tib ketgan tadbirlar

20 Aprel 2026

Ulashish

Frontier Talks. Markaziy Osiyo tadqiqotlarining konseptual muammosi

Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti barchani “Markaziy Osiyo tadqiqotlarining konseptual muammosi” mavzusidagi navbatdagi Frontier Talks muloqotiga taklif etadi. Tadbirda “Bilim karvoni” nodavlat ilmiy muassasasi direktori, siyosatshunoslik fanlari nomzodi (PhD) Farhod Tolipov spiker sifatida ishtirok etadi.

Seminar doirasida Markaziy Osiyoni o‘rganishga doir konseptual yondashuvlar, dolzarb metodologik bahslar hamda zamonaviy akademik va ekspertlar muhitida mintaqani anglash bilan bog‘liq asosiy nazariy masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Markaziy Osiyoga oid tadqiqot doiralari qanday shakllanayotgani hamda ular qanday tahliliy cheklovlar va imkoniyatlar yaratayotganiga alohida e’tibor qaratiladi.

Sana va vaqt: 24-aprel, 11:00

O‘tkazilish joyi: JIDU, IXTI anjumanlar zali