Frontier Talks. Turkmaniston va Qozog‘iston Kaspiy portlarining Markaziy Osiyo tranzit imkoniyatlarini kengaytirishdagi salohiyati

-

O'tib ketgan tadbirlar

11 Noyabr 2026

Ulashish

Frontier Talks. Turkmaniston va Qozog‘iston Kaspiy portlarining Markaziy Osiyo tranzit imkoniyatlarini kengaytirishdagi salohiyati

Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutida (IXTI) “Turkmaniston va Qozog‘iston Kaspiy portlarining Markaziy Osiyo tranzit imkoniyatlarini kengaytirishdagi salohiyati” mavzusida navbatdagi «Frontier Talks» ekspertlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Strategik bog‘liqlik markazi rahbari Nargiza Umarova ma’ruzachi sifatida ishtirok etadi.

Jahon savdosi tarkibining o‘zgarishi, geosiyosiy noaniqlik va transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilish muhimligi ortib borayotgan bir sharoitda Kaspiy dengizi Markaziy Osiyoning mintaqaviy va xalqaro transport-logistika bog‘liqligida strategik jihatdan muhim bo‘g‘inga aylanmoqda. Zamonaviy port infratuzilmasini rivojlantirish, multimodal tashuvlarni maqbullashtirish hamda mintaqaviy hamkorlar o‘rtasidagi muvofiqlashtiruvni chuqurlashtirish mintaqaning Yevroosiyo savdo tarmoqlaridagi mavqeyini mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Bo‘lajak muhokama markazida Turkmanboshi xalqaro dengiz porti (Turkmaniston) hamda Qozog‘istonning Oqtov va Quriq portlarining strategik va iqtisodiy ahamiyati bo‘ladi. Ishtirokchilar ushbu portlarning mavjud infratuzilmasi, tranzit salohiyati va muqobil xalqaro transport yo‘nalishlarini shakllantirishdagi hissasini tahlil qiladilar.

Uchrashuv Kaspiy transport infratuzilmasini rivojlantirish tashqi savdo yo‘llarini diversifikatsiya qilish, logistika xatarlarini kamaytirish hamda xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga qanday hissa qo‘shishini baholash uchun zamin yaratadi.

Sana va vaqt: 2026-yil 12-noyabr, 15:00

O‘tkazilish joyi: IXTI anjumanlar zali