Botirjon Muhammadibrohimov

experts_in

Botirjon Muhammadibrohimov

Yetakchi ilmiy xodim

Iqtisodiy Diplomatiya Markazi

Tarjimai hol

Botirjon Muhammadibrohimov, ixtisoslik sohalari barqaror rivojlanish va ijtimoiy fanlar bo‘lgan yosh tadqiqotchi. Tsukuba universitetining Xalqaro davlat siyosati yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichini tamomlagan (“Nippon Foundation” jamg‘armasining NipCA dasturi stipendianti). Bunga qadar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini qo‘lga kiritgan.

2023-2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida amaliyot o‘tagan (2024-yilgi Markaziy bank stipendianti). Shuningdek, Botirjon Muhammadibrohimov “Nippon Foundation” jamg‘armasining Yaponiyadagi amaliyot dasturini yakunlagan hamda bakalavr bosqichida tahsil olayotgan davrida Andijon va Toshkent shahar tuman hokimiyatlarida amaliyot o‘tagan.

Botirjon Muhammadibrohimovning ilmiy qiziqishlari fanlararo ijtimoiy tadqiqotlar (interdisciplinary social studies), barqaror diskursi (sustainability discourse) va xalqaro iqtisodiy munosabatlarga qaratilgan.