Tashrif buyuruvchi kichik tadqiqotchisi
Eujenio Charlandini – Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutining tashrif buyuruvchi kichik tadqiqotchisi. Uning ilmiy qiziqishlari xalqaro munosabatlar, tashqi siyosat, iqtisodiyot va oliy ta’limni qamrab oladi. Eujenio Toronto universitetining Trinity kollejida ikkinchi kursga o‘tmoqda. U yerda gumanitar fanlar bo‘yicha Nikoletta va Den Skrimger nomidagi stipendiyaga sazovor bo‘lib, xalqaro munosabatlar hamda etika, jamiyat va huquq yo‘nalishlarida tahsil olmoqda. IXTIga kelishidan oldin Eudjenio EKOSOS Yoshlar forumida YUNESKOning Lotin Amerikasi va Karib dengizi mamlakatlaridagi Xalqaro oliy ta’lim instituti vakili sifatida delegatlik qilgan, shuningdek, uning BIBO innovatsion tarmog‘ining a’zosi bo‘lgan. Bundan tashqari, u xalqaro munosabatlar sohasida boshqa tajribalarga ham ega edi. Turli ilmiy-tadqiqot ishlaridan tashqari, Eujenio Trinity kollejining birinchi kurs prezidenti lavozimida ishlagan va xor qo‘shiqchiligi hamda munozara faoliyatlarida keng tajribaga ega. Hozirda u ham O‘zbekiston haqidagi “Quyosh” nomli hujjatli film ustida ishlamoqda.