Professor
Ibragim Radjabovich Mavlanov – professor, iqtisodiyot fanlari doktori, "Xalqaro moliya va investisiya" kafedrasi professori, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O'zbekiston. 2005-2015 yillarda "Amaliy diplomatiya" kafedrasi mudiri, 2015-2018 yillarda Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining "Xalqaro savdo va investisiyalar" kafedrasi mudiri. 1992-2005 yillarda: tashqi ishlar vazirligining tashqi iqtisodiy aloqalar bo'limi boshlig'i, O'zbekistonning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni davlatlararo aloqalar bo'yicha Bosh maslahatchisi, O'zbekistonning Hindiston va Bangladeshdagi Favqulodda va Muxtor elchisi, O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari. 1992 yilgacha iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va matematik usullarni qo'llash, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish ilmiy-amaliy sohasida ishlagan. Germaniya( Universität Gießen), Yaponiya (Waseda universiteti), Hindiston (tadqiqot va axborot tizimlari markazi), Rossiya (MGIMO, RUDN va diplomatik Akademiya) universitetlarida tadqiqot va ma'ruzalar o'qigan. Xalqaro ilmiy grantlar g'olibi: Germaniya akademik almashinuv xizmati, Yaponiya fondi, Hindiston texnik-iqtisodiy hamkorlik dasturi, BMT O'zbekistonda, shuningdek O'zbekiston Fanlar Akademiyasining respublika ilmiy grantlari. O'zbekiston va xorijda chop etilgan 20 dan ortiq kitob (monografiya, darslik, o'quv qullanma) va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, jahon iqtisodiyoti, iqtisodiy diplomatiya, tashqi siyosat va iqtisodiy-matematik usullar sohasidagi 200 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.