Rovshan Alimov

Tarjimai hol

Alimov Rovshan Mirzamurotovich — siyosiy fanlar doktori, professor, xalqaro munosabatlar va strategik tadqiqotlar sohasidagi yetakchi mutaxassislardan biri. 1965 yil 19 noyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1990 yili Toshkent Davlat Universitetini tamomlagan.

Faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparati, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, shuningdek Oliy attestatsiya komissiyasida mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2019–2024 yillarda O‘zbekistonning BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasida maslahatchi-vakil sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, mamlakatimizning Pokiston Islom Respublikasidagi elchixonasida siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida xizmat qilgan.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyaning Diplomatik kadrlarni qayta tayyorlash kafedrasi mudiri va Istiqbolli Xalqaro Tadqiqotlar Institutining Afg’oniston va Janubiy Osiyo Markazining rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.

Rovshan Alimov 3 ta monografiya, 10 dan ortiq ilmiy kitob va o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek respublika va xorijiy nashrlarda chop etilgan 70 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.

Nashrlar