Koreya tadqiqotlari dasturi norezident katta ilmiy xodimi
Valeriy Xan falsafa fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Siyosatshunoslik kafedrasi professori. U O‘zbekistonning turli oliy o‘quv yurtlarida dars bergan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Strategik rivojlanishni rejalashtirish markazi direktori va rektor maslahatchisi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektor maslahatchisi va kafedra mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori o‘rinbosari va yetakchi ilmiy xodimi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi loyihalari rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, xorijda ham ta’lim bergan (Janubiy Koreya): Xoso universiteti (1998-2000), Xanyang va Sonkyungvan universitetlari (2011).
U AQSh (Kolumbiya universiteti, Stanford universiteti, Berklidagi Kaliforniya universiteti, Kanzas universiteti, Jorjiya universiteti, Chikagodagi Shimoli-sharqiy universitet, Oregon milliy universiteti); Janubiy Koreya (Pusan, Kyongsang va Kyongbuk milliy universitetlari, Koreya xalqaro munosabatlar universiteti, Xanyang, Myonji, Kyongi, Chung-Ang universitetlari); Rossiya (Saxalin davlat universiteti) va boshqa mamlakatlarda mehmon ma’ruzachi sifatida ishtirok etgan.
Professor Xan dunyoning 13 mamlakatida turli tillarda chop etilgan 200 ga yaqin asarlar muallifi, jumladan 8 ta shaxsiy monografiya va 7 ta hammualliflikdagi monografiya yozgan. U sotsiologiya, falsafa va eng yangi tarix bo‘yicha darsliklar muallifi va hammuallifidir.
20 dan ortiq xalqaro tadqiqot loyihalari ishtirokchisi bo‘lgan. Fulbright va IREX (AQSH), INTAS (Yevropa Ittifoqi), Korea Foundation, Academy of Korean Studies, Koreya Milliy Tarix Instituti (Janubiy Koreya), Rivojlanish va hamkorlik agentligi (Shveytsariya), Eurasia Foundation (Yaponiya) kabi tashkilotlarning grant sovrindoridir.
Hindiston, Rossiya, Turkiya va Janubiy Koreyaning SCOPUS, Web of Sciences, EBSCO ma’lumotlar bazalarida indekslangan 8 ta ilmiy jurnali va ulardan 5 ta O‘zbekiston Respublikasi OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarining tahrir hay’ati a’zosi. Xalqaro ilmiy uyushmalar (AQSH, Koreya, Yevropa Ittifoqi) a’zosi, Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro assotsiatsiyasi direktorlar kengashi a’zosi hisoblanadi.