Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy tadqiqotlar markazi” (keyingi o‘rinlarda OTTM deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Ilg‘or xalqaro tadqiqotlar institutining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Markaz Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni o‘rganish bilan bog‘liq barcha masalalar majmuasini ishlab chiqadi. Asosiy yoʻnalish – Oʻzbekiston va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlarining birgalikdagi rivojlanishi aspektlari prognozlarini ishlab chiqish hisoblanadi.
OTT markazi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi oldida turgan zamonaviy va dolzarb muammolarni tushunish va hal qilishga e'tibor qaratadi. Biz institutlar, sanoat va hukumat olimlari hamda ekspertlar o'rtasida samarali hamkorlikda tadqiqotlar olib borishga yordam beramiz.
Ushbu markaz O‘zbekiston va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlarining birgalikdagi rivojlanish asoslarni takomillashtirishga qaratilgan fanlararo tadqiqotlar olib borish uchun olimlar va ekspertlarning qo‘shma tarmog‘ini yaratishga intiladi.
Doktor Abbos Boboxonov 2007-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bakalavr, 2009-yilda esa magistr darajasini olgan. 2010-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim va bosh ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat yuritgan. Keyinchalik, 2018-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida bo‘lim boshlig‘i vazifasini bajargan. 2021-2023-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida doktorant (PhD) bo‘lgan. Hozirda IXTI Osiyo-Tinch okeani mintaqasini o‘rganish markazi rahbari lavozimida ishlamoqda. 2024-yil avgustidan 2025-yil yanvarigacha Jorjiya shtati universitetida (Atlanta, AQSH) Fulbrayt dasturi bo‘yicha taklif etilgan stipendiat sifatida faoliyat olib borgan.
Doktor Boboxonovning ilmiy qiziqishlari doirasi Xitoyning Markaziy Osiyodagi zamonaviy tashqi siyosati, Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Xitoyning “yumshoq kuch” tashabbusi, “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankini (OIIB) qamrab oladi. U turli nufuzli mahalliy va xalqaro jurnallarda chop etilgan 15 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir.