Afg‘onistonning tabiiy boyliklari: ular Katta o‘yinning omili bo‘ladimi?

Tadqiqot maqolalari

14 Yanvar 2025

Ulashish

Afg‘onistonning tabiiy boyliklari: ular Katta o‘yinning omili bo‘ladimi?

“Afg‘oniston Tolibonlar hukmronligi ostida: qo‘shni davlatlar va buyuk davlatlar munosabati” mavzusidagi xalqaro anjuman materiallari orasida Siyosatshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi Madina Abdullayeva va IXTI ilmiy xodimi Mushtariy Usmonova hammuallifligida IXTI yetakchi ilmiy xodimi Rustam Maxmudov tomonidan yozilgan maqola taqdim etilgan. Tadqiqot Afg‘onistonning boy tabiiy resurslarini va ularning shakllanayotgan geosiyosiy vaziyatdagi ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Mualliflar umumiy qiymati 1 trillion dollardan 3 trillion dollargacha baholangan mis, litiy va nodir yer metallarining strategik muhim konlarini batafsil ko‘rib chiqadilar.

 

Maqolada jahon davlatlari, xususan Xitoy, Hindiston va Rossiyaning ushbu resurslarga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgani hamda ularni o‘zlashtirish uchun raqobat kurashidagi o‘rniga alohida e’tibor qaratilgan. Mualliflar Afg‘oniston duch kelayotgan muammolar va imkoniyatlarni, jumladan, xalqaro tan olinishning yo‘qligi, sanksiyalar va ichki siyosiy to‘siqlarni ta’kidlab o‘tadilar. Resurslarni oqilona boshqarish va investitsion aloqalarni rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotini tiklashning kaliti bo‘lishi va uning global iqtisodiy jarayonlarga qo‘shilishi uchun yangi imkoniyatlar yaratishi mumkinligi qayd etilgan.

 

Maqolani (rus tilida) o’qing va yuklab oling

 

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo’lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.