Afg‘oniston: zamonaviy jarayonlar va muqobil qarashlar (2025-yilgi nashr)

Hisobotlar

21 Yanvar 2026

Ulashish

Afg‘oniston: zamonaviy jarayonlar va muqobil qarashlar (2025-yilgi nashr)

IXTI Afg‘oniston va Janubiy Osiyo tadqiqotlari markazi tomonidan tayyorlangan “Afg‘oniston: zamonaviy jarayonlar va muqobil qarashlar” (2025-yilgi nashr) yillik tahliliy hisobotida Afg‘onistonda kuzatilayotgan jarayonlar hamda ularning mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlik kun tartibiga ta’siri amaliy nuqtai nazardan yoritiladi.

Nashrda IXTI tadqiqotchilari va taklif etilgan mualliflarning tahliliy maqolalari hamda ekspert izohlari jamlangan bo‘lib, 2021-yildan keyingi davrda Afg‘oniston rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omillar tahlil qilinadi. Jumladan, xavfsizlik muhitidagi o‘zgarishlar, siyosiy jarayonlar, xalqaro cheklovlar fonida iqtisodiy boshqaruv, transchegaraviy savdo va infratuzilma tashabbuslari, suv bilan bog‘liq muammolar, shuningdek ijtimoiy masalalar — ta’lim va ayollar huquqlari yoritib beriladi.

Shuningdek, hisobotda Afg‘onistonning Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi bog‘lovchi hudud sifatidagi roli tobora ortib borayotgani qayd etilib, qo‘shni davlatlar siyosatidagi moslashuvlar tahlil qilinadi. Xususan, O‘zbekistonning muloqot va hamkorlik yondashuvi, bog‘liqlik ustuvorliklari hamda uzoq muddatli noaniqlik bilan bog‘liq xavf va chaqiriqlarga e’tibor qaratiladi.

Mazkur hisobot ilmiy tadqiqot va amaliy siyosiy tahlil uyg‘unligida tayyorlangan bo‘lib, davlat boshqaruvi vakillari, diplomatlar, tahlilchilar va mutaxassislar uchun Afg‘onistondagi bugungi jarayonlarni tizimli va dalillarga tayangan holda baholashga xizmat qiladi.

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.


Afghanistan: Contemporary Developments & Alternative Perspectives. 2025 edition

Yuklab olish