Eron atrofidagi keskinlik va uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga mumkin bo‘lgan ta’siri

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

14 Mart 2026

Ulashish

Eron atrofidagi keskinlik va uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga mumkin bo‘lgan ta’siri

Kun.uz studiyasida Nargiza Umarova bilan intervyu bo‘lib o‘tdi. Suhbat Eron atrofidagi mojaro keskinlashuvining O‘zbekiston iqtisodiyotiga mumkin bo‘lgan ta’siriga bag‘ishlandi.

Ekspert ta’kidlashicha, O‘zbekiston uchun Eron va Pokiston orqali o‘tuvchi transport yo‘llari alohida ahamiyatga ega, chunki ular mamlakatning dengiz portlari va xalqaro bozorlarga chiqishini ta’minlaydi. Mintaqadagi keskinlik sharoitida transport va sug‘urta xarajatlari oshishi mumkin, bu esa logistika zanjirlarini murakkablashtirib, yuk tashish qiymatiga ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas.

Intervyuda, shuningdek, Eron O‘zbekiston tashqi savdosini va tranzit yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishda strategik ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Nargiza Umarovaning fikricha, muqobil transport koridorlarini rivojlantirish va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish tashqi xatarlar sharoitida mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlashning muhim omillari hisoblanadi.

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.