IXTI Barqaror rivojlanish markazining yil davomida tayyorlangan asosiy tahliliy ishlarini jamlagan nashrining bosh g‘oyasi shundan iboratki, bugungi sharoitda barqaror rivojlanish faqat alohida yo‘nalish emas – u tobora ko‘proq global barqarorlik va strategik moslashuvchanlikning tayanch omiliga aylanmoqda.
Nashrda O‘zbekistonning 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha yutuqlari, “yashil” o‘zgarishlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi masalalari kabi yo‘nalishlar qamrab olinadi. Shuningdek, hisobot global boshqaruvdagi o‘zgarishlar va hamkorlik formatlari qanday qilib O‘zbekiston hamda mintaqaning tashqi strategik muhitiga ta’sir ko‘rsatishini ham yoritadi.
Mazkur doklad barqaror rivojlanish va geosiyosiy jarayonlarni birlashtirgan holda, uzoq muddatli siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan omillarni ko‘p qirrali tarzda ochib beradi.
* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.