Katta ilmiy xodim
Manabov Odilbek — Istiqbolli Xalqaro Tadqiqotlar Institutininng (IXTI) Barqaror rivojlanish markazining katta ilmiy xodimi bo‘lib, strategik siyosiy tadqiqotlar va tahlil sohasida faoliyat olib boradi. U mintaqaviy boshqaruv, davlat siyosati va xalqaro munosabatlar bo‘yicha tahliliy hamda ilmiy maqolalar muallifi. Kasbiy faoliyati doirasida Odilbek IXTIdagi Amerika tadqiqotlari markazida ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borgan va AQSHning xalqaro maydondagi ishtiroki, ayniqsa Yaqin Sharq mintaqasiga oid mavzularda tadqiqotlar qilgan.
Odilbek Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti magistr darajasiga ega bo‘lib, akademik soha, xususiy sektor, konsalting va rivojlanish loyihalarida — jumladan, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va BMTning Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan — ko‘p yillik ko‘p tarmoqli tajribaga ega.
Uning ixtisoslik sohalari davlat siyosati, barqaror va iqtisodiy rivojlanish, suv resurslarini boshqarish, Yaqin Sharq siyosati va ko‘p tomonlama loyiha koordinatsiyasini o‘z ichiga oladi. Hozirda u, shuningdek, Jahon bankining institutlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha menejeri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritmoqda.
Power BI va Tableau kabi platformalardan foydalangan holda, Odilbek ma’lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya qilishda yanada samarali natijalar olib kelib amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi.
Odilbek, Albukhary Foundation Xalqaro Stipendiyasini (Malaizya) qo‘lga kiritgan va Malyziya, Hindiston hamda Yevropa Ittifoqi muassasalari tomonidan tashkillashtirilgan qator xorijiy malaka oshirish dasturlarida ishtirok etgan.
Odilbek ingliz, rus va o'zbek tillarini mukammal biladi, nemis tilida o'rtacha darajada, tojik tilida esa boshlang'ich darajada bilimga ega.
Elektron pochta: odilbek.manabov@iais.uz