Fazliddin Djamalov Ar-Riyoddagi AQSH-Rossiya muzokaralarini tahlil qildi

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

25 Fevral 2025

Ulashish

Fazliddin Djamalov Ar-Riyoddagi AQSH-Rossiya muzokaralarini tahlil qildi

“O‘zbekiston 24” telekanalining “Xalqaro nigoh” dasturining navbatdagi sonida Fazliddin Djamalov Rossiya va AQSH tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining yaqinda Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan uchrashuvini tahlil qilib, uning global geosiyosiy keskinlik sharoitidagi ahamiyatini ta’kidladi. Uning fikricha, Sergey Lavrov va Marko Rubio o‘rtasidagi muzokaralar har ikki tomonning pragmatik yondashuvidan dalolat beradi. Vashington va Moskvaning ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiruvchi Ukrainadagi mojaroni hal etish, Yaqin Sharq inqirozi va strategik barqarorlik masalalari muhokamaning asosiy mavzulariga aylandi.

 

Ekspertning fikricha, ushbu muzokaralarning Markaziy Osiyoga ta’siri mintaqa mamlakatlarining jahon kuch markazlari o‘rtasidagi manyovrlarini davom ettirishida namoyon bo‘lmoqda. Shu bilan birga, AQShning mintaqadagi diplomatik faolligining ortishi, shuningdek, Rossiyaning iqtisodiy tashabbuslar orqali o‘z ta’sirini kuchaytirishga bo‘lgan intilishi mintaqa mamlakatlari uchun ham muammolar, ham yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

 

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.