Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi Islomxon Gafaroning “General Prezident Eyzenxauer” kitobi.
Mazkur asar XX asr tarixida shonli iz qoldirgan amerikalik general hamda Prezident Duayt Eyzenxauerning hayoti va u olib borgan siyosatiga bag‘ishlangan. Ushbu biografik kitobda qahramonning kechinmalari, Ikkinchi jahon urush yillari hamda prezidentlik davri keng yoritilgan. Bundan tashqari, o‘tgan asrning 40-60-yillaridagi tarixiy vaziyat, siyosat hamda ko‘zga ko‘ringan atoqli siyosatdonlarning o‘rni to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tilgan.
* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.