Paradigma.uz studyasida Islomxon Gafarov xalqaro siyosatdagi keskin burilishga sabab bo‘lishi mumkin bolgan hodisani tahlil qildi. Siyosatshunos intervyusida Rossiyaning “Tolibon”ni rasmiy ravishda tan olishi ortida turgan geosiyosiy maqsadlar, AQShning ehtimoliy reaktsiyasi hamda mintaqadagi navbatdagi harakatlar haqida fikr bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, bu qadam Rossiyaning Afg‘onistondagi ta’sirini kuchaytirish va mintaqaviy xavfsizlikni o‘z nazorati ostida saqlab qolish harakati sifatida qaralmoqda. Navbat kimda? Bu endi Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoyning pozitsiyasiga bog‘liq.
* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.