Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi Islomxon Gafarov “O‘zbekiston 24” telekanalining “Xalqaro nigoh” ko‘rsatuvida ishtirok etib, Аmerika qo‘shma shtatlaridagi saylovoldi jarayoni to‘g‘risida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
Tadqiqotchi 19-22-avgust kundarida АQSh Demokratik partiyasining Milliy qurultoyida davlatning iqtisodiy, ichki xavfsizlik, tashqi siyosati masalalari ko‘rib chiqilganligi va АQShning jahon miqyosidagi o‘rni va roliga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tganligini taʼkidladi.
Ko‘rsatuvni YouTube kanalimizda tomosha qiling