Islomxon Gafarovning Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosati va mintaqaviy hamkorligi borasidagi qarashlari

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

25 Sentabr 2024

Ulashish

Islomxon Gafarovning Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosati va mintaqaviy hamkorligi borasidagi qarashlari

Islomxon Gafarov yaqinda “Mahalla” telekanalining “MINBAR” ko‘rsatuvida O‘zbekistonning faol tashqi siyosati va mintaqaviy hamkorlik haqida fikr bildirdi. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari o‘z hamkorligini sezilarli darajada mustahkamlaganligini, va bu ko‘p yillik dolzarb masalalarni, jumladan, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish, shuningdek, transchegaraviy suv resurslarini samarali boshqarish masalalarini hal qilish imkonini berganligini ta’kidlab, ekspert ushbu yutuqlarga mintaqa mamlakatlarining barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlari va siyosiy irodasi tufayli erishilganligini qayd etdi. O‘z navbatida, chegara masalalari hal qilinganligi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni kamaytirish va davlatlar o‘rtasida ishonchni mustahkamlashga yordam berdi, bu esa mintaqaviy xavfsizlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

 

Biroq, Islomxon Gafarovning so‘zlariga ko‘ra, erishilgan yutuqlarga qaramay, mintaqa bir qator iqtisodiy muammolar oldida qolmoqda. Jahon okeaniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishning mavjudsizligi Markaziy Osiyo davlatlarini tovarlarni eksport va import qilish uchun muqobil transport yo‘laklarini izlashga majbur qilmoqda. Bu nuqtayi nazardan eng istiqbolli yo‘nalish Janubiy Osiyo bo‘lib, u orqali okeanga eng yaqin chiqish yo‘li mavjud. Ushbu mintaqa davlatlari bilan yaqin iqtisodiy va infratuzilma aloqalarini o‘rnatish Markaziy Osiyoning savdo-iqtisodiy salohiyatini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

 

Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, bu borada Markaziy Osiyoni janubiy bozorlar bilan bog‘laydigan asosiy yo‘nalishlar o‘tadigan Afg‘onistonda barqarorlik va xavfsizlik masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Afg‘onistonning barqaror rivojlanishi va uning hududida xavfsizlikni ta’minlash uzoq muddatli transport va iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishning zarur sharti bo‘lib, afg‘on hukumati bilan hamkorlikni mustahkamlash mintaqaviy siyosatning muhim jihatidir.