Markaziy Osiyo va Afg‘oniston: Hamkorlik yo‘lidagi yangi sahifalar

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

08 May 2025

Ulashish

Markaziy Osiyo va Afg‘oniston: Hamkorlik yo‘lidagi yangi sahifalar

Bugungi geopolitik sharoitda Afg‘oniston masalasi yana xalqaro e’tiborning markazida. Bu davlatni qanday talqin qilish, uning o‘rni va roli haqida siyosiy qarashlar tobora murakkab tus olmoqda. Xalqaro hamjamiyat esa Afg‘onistonga nisbatan yondashuvda yangi axborot va siyosiy standartlarni shakllantirishga intilmoqda.

 

Aynan shu dolzarb masalalar Progressiv islohotlar markazi tomonidan tashkil etilgan CPR Talks turkumining navbatdagi sonida muhokama qilindi. Tadbir mehmoni doktor Islomxon Gafarov bo‘lib, u Afg‘oniston va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi aloqalar, hamkorlik istiqbollari va mintaqaviy xavfsizlik masalalari yuzasidan o‘zining chuqur tahlillari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Suhbat davomida Afg‘onistonda kechayotgan ichki o‘zgarishlar, mintaqa davlatlarining ushbu mamlakatga bo‘lgan strategik yondashuvi, tranzit va iqtisodiy loyihalarning istiqbollari, shuningdek, diplomatik va xavfsizlik jihatlari atroflicha tahlil qilindi. Mutaxassis Afg‘onistonni izolyatsiyalash emas, balki uni mintaqaviy iqtisodiy tizimga jalb etish – barqaror taraqqiyot kaliti ekanini alohida ta’kidladi.

 

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.