“Osiyo–Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha 2025-yildagi strategik tadqiqotlar” – IXTI huzuridagi Osiyo-Tinch okeani tadqiqotlari markazining yillik tahliliy nashridir. Hisobotda 2025-yilda Osiyo-Tinch okeani mintaqasida kuzatilgan eng dolzarb siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlikka oid jarayonlar bo‘yicha tanlangan analitik materiallar jamlangan.
Nashr mintaqadagi strategik muhitning yirik davlatlar raqobati, iqtisodiy o‘zgarishlar hamda xavfsizlik–texnologiya–rivojlanish yo‘nalishlarining tobora yaqinlashuvi fonida qanday shakllanayotganini yoritadi. Shu bilan birga, ushbu tendensiyalarning Markaziy Osiyo va O‘zbekiston tashqi siyosiy manfaatlari uchun ahamiyati – hamkorlikni diversifikatsiya qilish, bog‘liqlik (connectivity) va xatarlarni boshqarish masalalari nuqtai nazaridan tahlil qilinadi.
Hisobot qaror qabul qiluvchi doiralar, diplomatlar, tahlilchilar va tadqiqotchilar uchun ma’lumotnoma sifatida mo‘ljallangan bo‘lib, empirik kuzatuv va qiyosiy tahlilga tayangan holda mintaqaviy jarayonlarni chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.