Yaqin Sharqda Eron, AQSh va Isroil ishtirokidagi davom etayotgan harbiy zarbalar fonida Janubiy Osiyo hamo‘zining yashirin mojarosiga duch kelmoqda. Afg‘oniston va Pokiston umumiy chegarasi bo‘ylab uzoq davometayotgan qarama-qarshilik holatida qolmoqda.
Transchegaraviy vaziyat
2025 yil oxiri – 2026 yil boshida Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar yanada o‘zgaruvchanbosqichga kirdi. Bu jarayon epizodik chegara hodisalaridan ko‘proq barqaror va bevosita harbiy qarama-qarshilikka o‘tish bilan tavsiflanadi. Tarixan “Dyurand chizig‘i” bo‘ylab keskinlik ikki tomonlamamunosabatlarning takrorlanuvchi elementi bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, hozirgi dinamika xavfsizlik sohasida sifatjihatidan yangi bosqich boshlanganini ko‘rsatmoqda.
Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi eskalatsiya bir qator omillar bilan izohlanadi: transchegaraviy jangarilarfaolligining oshishi, Pokistonning milliy xavfsizlik yondashuvidagi o‘zgarishlar, Afg‘oniston hududida boshqaruvsalohiyatining cheklangani hamda nizolarni hal etish uchun barqaror diplomatik mexanizmlarning yo‘qligi. Natijada ikki tomonlama munosabatlar tobora kuch ishlatish mantig’i asosida shakllanmoqda, harbiy vositalaresa bosim o‘tkazishning maqbul yo‘li sifatida ko‘rilmoqda.
Beqarorlikning asosiy manbalaridan biri “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” (TTP) guruhi jangarilarining faoliyati bo‘lib qolmoqda. 2021- yilda Tolibon Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng Pokiston hududidagi hujumlar soni keskin oshdi, ayniqsa chegara hududlaridagi xavfsizlik obyektlari nishonga olinmoqda. Pokiston tomoni Afg‘oniston hududidan jangarilar uchun boshpana, yollanma jangchilar va logistika koordinatsiyasi maydoni sifatida foydalanilayotganidan bir necha bor xavotir bildirgan. O‘z navbatida, afg‘on rasmiylari bunday ayblovlarni rad etib, transchegaraviy zarbalarni suverenitet buzilishi sifatida baholamoqda. O‘zaro ayblovlar konstruktiv muloqot imkoniyatlarini toraytirib, ishonchni tiklash sa’y-harakatlarini murakkablashtirdi.
So‘nggi to‘qnashuvlar
Islomobodda so‘nggi haftalarda sodir etilgan yirik terrorchilik hujumi burilish nuqtasiga aylandi. Bu voqea Pokiston rahbariyatiga ichki siyosiy bosimni kuchaytirib, preventiv va kuchga asoslangan jilovlash strategiyasiga o‘tishni tezlashtirdi. Shu sharoitda Pokiston qurolli guruhlar infratuzilmasiga o‘z hududidan tashqarida zarba berish imkoniyatini tobora ko‘proq ko‘rib chiqmoqda.
2025-yil oxiridan buyon Afg‘oniston-Pokiston chegarasi bo‘ylab harbiy faollik izchil ortib bormoqda. 2025-yildaPokistonda 699 ta terrorchilik hujumi qayd etildi va ular oqibatida 1 034 kishi halok bo‘ldi, bu 2024-yilganisbatan mos ravishda 34% va 21% ga yuqori ko‘rsatkichdir. Pokiston tomonidan Afg‘onistonning sharqiy viloyatlaridagi TTPga aloqador deb taxmin qilingan pozitsiyalarga raketa zarbalari berilishi afg‘on qurolli tuzilmalari tomonidan Pokiston chegara obyektlariga nisbatan javob harakatlari bilan kuzatildi.
26–27 fevral kunlari yuz bergan to‘qnashuvlar ochiq qurolli qarama-qarshilik bosqichiga o‘tilganini anglatdi. Kurram hududidagi chegara hodisalari og‘ir qurollar, uchuvchisiz apparatlar va qo‘shimcha kuchlar jalb etilgan keng ko‘lamli jangovar harakatlarga aylandi. Shu bilan birga, mojaro kuchli axborot qarama-qarshiligi bilan hamrohlik qilmoqda: tomonlar talafotlar va operatsiya natijalari bo‘yicha bir-biriga zid ma’lumotlarni e’lon qilib, siyosiy jihatdan qulay talqin yaratishga intilmoqda. Tolibon vakillari Pokiston armiyasining katta yo‘qotishlari va harbiy obyektlar qo‘lga kiritilgani haqida bayonot bergan bo‘lsa, Islomobod ikki nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgani va 36 nafar jangari yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Keyinchalik Pokiston tomoni qarshi tomon yo‘qotishlarini 72 nafar halok bo‘lgan va 120 dan ortiq yaralangan deb ko‘rsatdi, shuningdek 16 ta chegara posti yo‘q qilingani va qurol-aslaha qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Bu esa davom etayotgan axborot kurashi va ko‘rsatkichlarning o‘zaro oshirib ko‘rsatilayotganini aks ettiradi.
To‘qnashuvlarning Afg‘onistonning bir qator sharqiy viloyatlariga yoyilishi hamda keng ko‘lamli operatsiyalar rejalashtirilayotgani haqidagi bayonotlar harbiy faoliyat yuqori darajada markazlashtirilganini ko‘rsatadi.
Vaziyat ikki tomonlama munosabatlarda kuch ishlatish amaliyotining muntazam element sifatida mustahkamlanishiga olib keldi va bu uzoq davom etuvchi past intensivlikdagi mojaro ehtimolini oshirmoqda. Harbiy eskalatsiya bilan bir qatorda siyosiy muloqot ham tanazzulga yuz tutmoqda.
Pokiston afg‘on rasmiylarini antipokiston qurolli guruhlar faoliyatini cheklay olmaslik yoki cheklashni istamaslikda ayblamoqda, Kobul esa Pokiston zarbalarini suverenitet buzilishi va tashqi bosim shakli sifatida baholamoqda. O‘zaro ommaviy ayblovlar, jumladan xalqaro terror tarmoqlari bilan aloqalar haqidagi da’volar ishonchni yanada kamaytirmoqda va diplomatik kanallarning inqirozlarning oldini olishdagi samaradorligini pasaytirmoqda.
Tashqi aktorlarning reaksiyasi
Ushbu muammo yuzasidan Xalqaro o‘yinchilar ehtiyotkor pozitsiyani egallagan. Oq uy bayonotlariga ko‘ra, AQSh Pokistonning terror tahdidlariga qarshi o‘zini himoya qilish huquqini tan oladi, shu bilan birga transchegaraviy hujumlarning oldini olish mas’uliyatini afg‘on rasmiylariga yuklaydi. Bunga qo‘shimcha Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa vaziyatni Afg‘onistonda saqlanib qolayotgan harbiy-siyosiy beqarorlikning namoyoni sifatida baholamoqda. Bunday yondashuvlar kuch qo‘llashga ma’lum darajada legitimlik bersa-da, tezkor deeskalatsiya mexanizmlarini yetarlicha rag‘batlantirmaydi.
Eskalatsiya xatarlari
Afg‘oniston-Pokiston qarama-qarshiligining chuqurlashuvi Markaziy Osiyo uchun uzoq muddatli tizimli xavflarni keltirib chiqarishi mumkin. Kobul va Islomobod o‘rtasidagi qurolli mojaroning kuchayishi afg‘on rasmiylarining ichki xavfsizlikni ta’minlash salohiyatini susaytirib, radikal guruhlarning shimoliy yo‘nalishda qayta joylashuvi uchun sharoit yaratishi mumkin.
Mojaroning davom etishi transregional infratuzilma tashabbuslari, jumladan tranzit va transafg‘on transport bog‘liqligi loyihalarining zaiflashuviga olib kelishi mumkin. Mintaqa davlatlari ushbu loyihalarni tashqi iqtisodiy yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish va Hind okeani portlariga chiqish uchun muhim vosita sifatida ko‘rmoqda. Chegara hududlarining beqarorlashuvi loyihalar amalga oshirilishini kechiktirishi yoki ularning siyosiy hamda sug‘urta xatarlarini oshirishi mumkin.
Gumanitar omil ham muhimligicha qolmoqda. Harbiy harakatlarning kengayishi ko‘chirilgan shaxslar sonining ortishiga, Afg‘onistondagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning yomonlashuviga va Markaziy Osiyo davlatlariga migratsion bosimning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Qo‘shimcha tahdid sifatida mintaqaning janubiy strategik perimetri bosqichma-bosqich militarizatsiya qilinishi qayd etilmoqda. Transchegaraviy zarbalar va muntazam harbiy operatsiyalar amaliyotining mustahkamlanishi Markaziy Osiyo chegaralari yaqinida barqaror beqarorlik zonasini shakllantirmoqda.
Bunga qo‘shimcha, tashqi aktorlarning yanada faolroq jalb etilishi xavfi mavjud. Ularning barqarorlashtirish jarayonlarida yoki ayrim tomonlarni qo‘llab-quvvatlashdagi ishtiroki mahalliy mojaroni kengroq mintaqaviy qarama-qarshilikka aylantirishi va Markaziy Osiyo davlatlari manfaatlariga bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shunday qilib, Afg‘oniston-Pokiston munosabatlarining hozirgi dinamikasi diplomatik tartibga solish imkoniyatlari cheklangan holda qurolli qarama-qarshilik tomon barqaror tendensiyani ko‘rsatmoqda. Transchegaraviy terrorizm, strategik ishonchsizlik va harbiy reaksiyalarga yo‘l qo‘yilishining kombinatsiyasi Yevroosiyoning janubiy chegaralarida beqarorlikning davom etishiga sharoit yaratadi. “Tehrik-e-Tolibon” Pokiston guruhining faoliyati asosiy beqarorlashtiruvchi omil bo‘lib qolmoqda, shuningdek, tomonlarning transchegaraviy hujumlarni uyushtirish uchun bir-birining hududidan foydalanishda o‘zaro ayblovlari. Shu bilan birga, diplomatik mexanizmlarning zaiflashishi va Pokiston rahbariyatiga ichki siyosiy bosimning kuchayishi Dyurand chizig‘i bo‘ylab preventiv harbiy harakatlarning yanada faol strategiyasiga o‘tishga yordam bermoqda. Ushbu tendensiyalar birgalikda Markaziy Osiyoda xavfsizlikka, transafg‘on infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga va ishlab chiquvchilarga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan barqaror beqarorlik zonasini yaratmoqda.
* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.