Ozarbayjon O‘zbekiston uchun yangi bozorlarga strategik kirish imkonini yaratadi

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

14 Mart 2026

Ulashish

Ozarbayjon O‘zbekiston uchun yangi bozorlarga strategik kirish imkonini yaratadi

News.Az portali bilan o‘tkazilgan suhbatda Strategik bog‘liqlik markazi rahbari Nargiza Umarova O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Ekspertning ta’kidlashicha, ikki tomonlama munosabatlarning muhim xususiyati ularning 2024 yilda imzolangan Ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnoma bilan mustahkamlangan ittifoqchilik maqomidir. Mazkur format davlatlar o‘rtasidagi yuqori darajadagi ishonchni aks ettirib, energetika, transport, sanoat va investitsiya kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Suhbatda qayd etilishicha, O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri geoiqtisodiy maqsadlarga erishish, jumladan eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish va yangi transport yo‘nalishlarini rivojlantirishdan iborat. Shu nuqtai nazardan Ozarbayjon O‘zbekiston uchun yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytiruvchi muhim hamkor sifatida ko‘riladi.

Shuningdek, savdo va investitsiyaviy hamkorlikning kengayib borayotgani alohida ta’kidlanadi. So‘nggi yillarda o‘zaro savdo hajmi barqaror o‘sish sur’atlarini namoyon etmoqda, 500 million dollar miqdoridagi qo‘shma investitsiya jamg‘armasining tashkil etilishi esa energetika, neft-kimyo, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalaridagi qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun muhim mexanizm bo‘lib xizmat qilmoqda.

Suhbatda transport bog‘liqligini rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Turkiyani bog‘lovchi O‘rta yo‘lak (Middle Corridor) hamda CASCA+ multimodal yo‘nalishi mintaqalar o‘rtasidagi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etiladi.

Umuman olganda, Nargiza Umarovaning fikricha, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik pragmatik asosda rivojlanib, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, transport bog‘liqligini kengaytirish va qo‘shma investitsiya tashabbuslarini ilgari surishga qaratilgan.

News.Az portalida batfsil o‘qing

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.