Yaponiyadagi hukmron liberal-demokratik partiyasi(LDP) o‘ziga yangi yetakchi sayladi.

Tahliliy nashrlar

01 Oktabr 2024

Ulashish

Yaponiyadagi hukmron liberal-demokratik partiyasi(LDP) o‘ziga yangi yetakchi sayladi.

LDP partiya yetakchisi sifatida 9 ta nomzodni ko‘rsatgan edi. 2024 yil, 27 sentyabr, juma kuni Shigeru Ishiba g‘olib deb e’lon qilindi[1], bu har doim Yaponiya Bosh vaziri lavozimini egallashni anglatadi. Parlament 1 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari yig‘ilishda uning bosh vazir lavozimiga tasdiqlanishi uchun ovoz beradi va ommaga e’lon qilinishi kutilmoqda.

 

To‘qqiz nafar nomzodning hech biri ko‘pchilik ovoz to‘play olmaganligi sababli ovoz berish ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqichda Ishiba 154 ovoz olib, Sanae Takaichi bilan ikkinchi bosqichga chiqdi. Ikkinchi bosqichda esa siyosatchi 215 ovoz olib g‘olib bo‘ldi. [2]

 

Sobiq mudofaa vaziri Ishiba saylovlarda besh marotaba ya’ni 2008, 2012, 2018 va 2020-yillarda muvaffaqiyatsiz ishtirok etgan. Joriy saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida u bu uning so‘nggi urinishi bo‘lishini ta’kidlagan edi. Ishibaning so‘zlariga ko‘ra, partiyani an’anaviy tarzda LDP yetakchilarini tayinlaydigan kuchli fraksiyalarni yo‘q qilishga undagan janjal ochiqroq ovoz berishga hissa qo‘shgan va bu unga o‘zining “so‘nggi jangida” g‘alaba qozonishiga imkon bergan.[3]

 

Ishiba seshanba kuni parlamentning navbatdan tashqari sessiyasi uni lavozimga rasmiy tayinlaganidan so‘ng hukumatni yangidan tuzishini bildirdi.

 

Keyingi haftada rasmiy bosh vazirga aylanishi kutilayotgan Ishiba, NHK xabariga ko‘ra, ba’zi sobiq hukumat vakillarini o‘z lavozimida saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Jumladan, vazirlar mahkamasi bosh kotibi (2021-2023 yillarda  tashqi ishlar vaziri) Yoshimasa Hayashini o‘z lavozimida qoldirishni, shu bilan birga sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Xiroshi Moriyamani LDP bosh kotibi etib tayinlashga qaror qilgan.[4]

 

Shigeru Ishiba bu hafta Yaponiyaning yangi rahbari sifatida Bosh vazirlik lavozimiga tayinlanishi bilanoq mintaqaviy taranglikni yumshatishga yordam berish siyosatini amalga oshirish bilan o‘z faoliyatini boshlamoqchi.

 

Yangi bosh vazirni qanday muammolar kutmoqda?

 

Ilk kundanoq Ishiba mamlakatning tashqi siyosatidagi muhim siyosiy muammolarga duch keladi, jumladan Shimoliy Koreya raketalarini uchirishi va Rossiyaning havo hududiga bostirib kirishi, shuningdek, Xitoyning Tayvanga tahdidi bilan bog‘liq xavotirlarning ortishini misol qilish mumkin.[5]

 

O‘zining mudofaa sohasidagi tajribasi bilan tanilgan Ishiba o‘zidan oldingi Bosh vazir Fumio Kishidaning tashqi siyosatini davom ettirishini ta’kidladi. Shuningdek, Yaponiyaning mustaqilligini oshirishga intilib, AQSh bilan ittifoqchilikda Yaponiyaning qadr-qimmatini tan olinish yo‘llarini izlashi, jumladan, AQSh bilan kuchlar maqomi to‘g‘risidagi bitimni qayta ko‘rib chiqish va Osiyodagi strategik hamkor mamlakatlar bilan jamoaviy xavfsizlik choralarini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

 

LDP partiyasi mamlakatni 30 yildan beri boshqarib kelmoqda. Aytish joizki, Ishiba boshqaruvi juda og‘ir siyosiy-iqtisodiy pallaga to‘g‘ri kelmoqda. Mutaxassislarning fikricha, hozirda LDP oldida partiyaning butun faoliyati davomidagi eng qiyin vazifalardan biri – yaponiyaliklar ishonchini qaytarish vazifasi turibdi.  Iqtisodiy turg‘unlik, zaif iyena, so‘nggi yarim asrdagi oziq-ovqat narxlarining eng keskin ko‘tarilishi — aholining hukmron partiyaga nisbatan ishonchlizligini oshirmoqda.

 

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiyada ish haqi darajasi 30 yil davomida o‘zgarmagan.[6] Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, iqtisodiy turg‘unlikka qarshi kurashish, Yaponiya valyutasini mustahkamlash va oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishini pasaytirish zarurati yangi hukumatning e’tiborini va harakatini talab qiladi.

 

Yaponiyaning ichki kun tartibidagi yana bir muhim masala - qarish va aholi sonining qisqarishi muammosidir. Bu ijtimoiy va sog‘liqni saqlash xizmatlariga bosim o‘tkazadi va mamlakatni o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda ishchi kuchi etishmasligi bilan tahdid qiladi. Bu esa o‘z navbatida qarish va aholining qisqarishi barqaror ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash uchun strategiyalarni ishlab chiqishni talab qiladi. Demografik pasayishning o‘rnini qoplash va chet ellik mutaxassislarni jalb qilish orqali iqtisodiyotni mustahkamlash uchun immigratsiya siyosatini qayta ko‘rib chiqish zaruratini tug‘dirmoqda. Hukumatning yangi rahbari sifatida Ishiba Yaponiyaning mehnat bozorini boshqarish siyosatini qayta ko‘rib chiqishi va immigratsiyaga munosabatini o‘zgartirishi lozim.

 

Shigeru Ishiba haqida nimalar ma’lum?

 

Ishiba LDPdagi eng tajribali siyosatchilardan biri boʻlib, bir necha davlat lavozimlarida ishlagan: Mudofaa vaziri (2007-2008), Qishloq xoʻjaligi vaziri (2008-2009) va Aholi sonining qisqarishiga qarshi kurashish va mahalliy iqtisodiyotni jonlantirish vaziri (2014-yil -). 2016)). U mudofaa masalalari, qishloq xo‘jaligi siyosati va mintaqaviy rivojlanish strategiyalaridagi tajribasi bilan tanilgan. Ishiba ushbu vazirlik lavozimlarida ishlagan davrida Yaponiyaning milliy xavfsizlik, qishloq xo‘jaligi va qishloqlarni jonlantirish bo‘yicha siyosatini shakllantirishda ishtirok etgan.

 

1979 yilda Shigeru Ishiba Tokiodagi nufuzli Keio universitetini tamomlab, Mitsui bankida ishlay boshladi, biroq to‘rt yildan so‘ng u LDP fraksiyalaridan biriga kotib bo‘lib ishga kirdi. 1990-yillardan boshlab siyosatchi mudofaa masalalari bilan faol shug‘ullana boshladi, bu esa unga "gunji otaku", ya’ni "harbiy ishlar bilan mukkasidan ketgan" laqabini berdi.

 

U birinchi marta 2002 yilda Mudofaa agentligining Bosh direktori sifatida Koidzumi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kirdi va keyinchalik Mudofaa vaziri, Qishloq, O‘rmon va baliqchilik vaziri lavozimlarida ishladi. 2012-yilgi prezidentlik saylovlarida Liberal-demokratik partiya muxolifat partiyasida bo‘lganida u partiya a’zolaridan eng ko‘p ovoz olgan, biroq ikkinchi turda sobiq bosh vazir Abega yutqazgan.

 

2002 yildan 2004 yilgacha u Milliy mudofaa boshqarmasini boshqargan. Tadqiqotchi Adam Liffning ta’kidlashicha, bu lavozimda Ishiba Yaponiya o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlarini qayta takomillashtirgan asosiy shaxs hisoblanadi. Rasmiy birinchi yapon razvedka sun’iy yo‘ldoshining muvaffaqiyatli uchirilishi va SM-3 Blok IIA ballistik raketalarining Qo‘shma Shtatlar bilan birgalikda ishlab chiqilishini nazorat qildi. Shuningdek, Mudofaa vazirligi bosh direktori sifatida u 11-sentabrda AQShda sodir etilgan teraktlarga javoban favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi qonunlarni qabul qilish va Iroqqa quruqlik va havodan oʻzini-oʻzi mudofaa kuchlarini yuborish ustida ishlagan. (Quruqlikdagi o‘zini-o‘zi mudofaa qo‘shinlari asosan Iroq janubidagi Samava shahridagi lagerdan, nisbatan barqaror xavfsizlik ta’minlangan deb hisoblangan “gumanitar rekonstruksiya yordami” uchun harakat qilgan va 2006 yilning iyulida chiqib ketgan.)[7]

 

[1] The Japan times. Eric Johnston and Kanako Takahara. 27.07.2024.

URL: https://www.japantimes.co.jp/news/2024/09/27/japan/politics/ldp-election-winner/

[2] 日本海テレビニュース。自民党総裁選 石破氏と高市氏による決選投票へ(Liberal-demokratik partiyasi prezidentlik saylovi: Ishiba va Takaichi o'rtasida ikkinchi bosqich)

URL:  https://news.ntv.co.jp/category/politics/nkf71e91598878471390630d5a5558a95e 

[3] 日本海テレビ。石破茂 氏 自民党の新総裁に選出 鳥取県出身で初の総理大臣誕生へ (Shigeru Ishiba Liberal-demokratik partiyaning yangi prezidenti etib saylandi)

URL: https://news.ntv.co.jp/n/nkt/category/politics/nkb51a3060c1d1400c880bcdb30c955d10 

[4] NHK. 自民 石破新総裁 党幹事長に森山氏 官房長官に林氏 意向固める。(LDPning yangi prezidenti Ishiba partiya bosh kotibi sifatida Moriyama va vazirlar mahkamasining bosh kotibi sifatida Xayashi bilan aloqalarni mustahkamladi.)

URL:  https://www3.nhk.or.jp/news/html/20240928/k10014594491000.html 

[5] The Japan Times. 29.09.2024. Kathleen Benoza and Jesse Johnson

URL: https://www.japantimes.co.jp/news/2024/09/29/japan/politics/ishiba-japan-foreign-policy/ 

[6] Nikkey Asia. YOHEI MATSUO. 16.10.2021.

 URL: https://asia.nikkei.com/Politics/Japan-election/Japan-s-30-year-wage-slump-hangs-over-distribution-debate

[7] Wikipedia. Сигэру Исиба. URL: https://ja.wikipedia.org/wiki/%E7%9F%B3%E7%A0%B4%E8%8C%82