Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi ziddiyat urushga aylanadimi?

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

15 May 2025

Ulashish

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi ziddiyat urushga aylanadimi?

Paradigma.uz platformasida eʼlon qilingan navbatdagi intervyuda XXI asrning 20-yillarida ketma-ket boshlangan mintaqaviy urushlar fonida Kashmir mojarosining yana kuchayishi ehtimoli muhokama qilindi. Dastlab Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi keng koʻlamli urush, undan soʻng esa Isroil va Gʻazo oraligʻida boshlangan ziddiyatlar xalqaro xavfsizlik arxitekturasini jiddiy sinovga qoʻygan edi.

 

Endilikda esa, deyarli bir asrga yaqin vaqt mobaynida hal etilmay kelinayotgan Kashmir muammosi yana global siyosat diqqat markaziga chiqmoqda. Intervyuda IXTI ekspertlari Islomxon Gafarov va Hamza Boltayev oʻz qarashlari bilan ishtirok etdilar.

 

Islomxon Gafarov intervyu davomida: “Bugun dunyoda koʻp narsa huquq bilan emas, kuch bilan hal boʻlayapti. Demokratik blok esa, bu borada Hindiston tomonda”, — deya oʻz munosabatini bildirdi.

 

Hamza Boltayev esa mintaqadagi kuchlar nisbatini, harbiy va iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda, Janubiy Osiyoda boshlangan har qanday qurolli mojaro Markaziy Osiyo xavfsizligiga bevosita tahdid solishini urgʻuladi.

 

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.