Joriy yilning 10-sentabrida Amerika Qoʻshma Shtatlarida prezidentlikka nomzodlar Kamala Xarris va Donald Tramp oʻrtasida ilk teledebatlar boʻlib oʻtdi. Shu munosabat bilan IXTI ilmiy xodimi Islomxon Gafarov “Kun.uz” axborot-tahliliy agentligining “Geosiyosat” ko‘rsatuvida ishtirok etib, ushbu debatlar natijasiga ekspert baho berdi.
Koʻp nashriyotlar fikriga koʻra, debatlarda Demokratlar peartiyasi nomzodi K. Xarris gʻalaba qozondi, biroq, mutaxassisning ta’kidlashicha, nomzodlar orasida siyosiy tenglik saqlandi. Islomxon Gafarov Xarris e’tiborini jamiyatning oʻrta qatlami hamda kichik biznesga qaratganligi, Tramp esa soʻzga chiqishida migratsiya muammosi boʻyicha fikrini bildirganligini qo‘shimcha qildi. Bundan tashqari, nomzodlar Yevropa, Yaqin Sharq, Sharqiy Osiyo va Afgʻonistondagi geosiyosiy jarayonlar va ushbu chaqiriqlarni yengishda AQShning ahamiyatida alohida toʻhtalib oʻtishdi. Ekpert ushbu debatlarni shunchaki ikki nomzod o‘rtasidagi emas, balki Demokratlarning internatsionalizm va Respublikachilarning izolyatsionizm gʻoyalari oʻrtasidagi kurash deb baholadi.