Afg'oniston-Pokiston munosabatlarida Xitoyning strategik aralashuvi

Tahliliy nashrlar

27 May 2024

Ulashish

Afg'oniston-Pokiston munosabatlarida Xitoyning strategik aralashuvi

Joriy yilning 11 may kuni Durand chizig'i bo'ylab yangi to'qnashuvlar boshlandi. Ko‘rinib turibdiki, parlament saylovlaridan so‘ng Pokiston rahbariyati Afg‘oniston ichidan qo‘llab-quvvatlanadigan va Pokiston tuprog‘iga hujumlar uyushtirayotgan “Tehrik-i-Tolibon Pokiston” (TTP) terror tashkiloti masalasiga e’tibor qaratishga qaror qildi. TTP faoliyatiga chek qoʻyish maqsadida Islomobod Afgʻoniston bilan chegaradosh hududlarda Kobulni xabardor qilmasdan havo hujumlari uyushtirmoqda, bu esa Tolibonni gʻazablantirgan. Bu chegara mojarolari 19-maygacha davom etdi, ammo bu kabi hodisalar davom etishi va Durand chizig‘ida keskinlik kuchayishi ehtimoldan xoli emas. Shunga qaramay, Xitoyning ishtiroki mojaro va undan keyingi inqirozni yumshatishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, Xitoyning Tolibon orqali TTPga ta’sir o‘tkazish uchun o‘z dastagi bor.

Tahliliy nashrni yuklab olish