Tramp VS. Xarris: yangi urg‘u va natijalar

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

16 Sentabr 2024

Ulashish

Tramp VS. Xarris: yangi urg‘u va natijalar

AQShdagi prezidentlik munorazalarini muhokama qilishda davom etib, mutaxassislar Islomxon Gafarov va Fazliddin Djamalov “O‘zbekiston 24” telekanalining “Xalqaro nigoh” dasturida batafsil tahlil taqdim etdilar.

 

Fazliddin Djamalov Tramp-Bayden va Tramp-Xarris munozaralari o‘rtasidagi muhim farqlarga e’tibor qaratib, hozirgi munozaralar an’anaviy tarzda Demokratik partiyaga xayrixohlik bildiruvchi
“ABC News” telekanali orqali namoyish etilganini, shu bois boshlovchi-moderatorlarning Trampga munosabati ancha keskinroq bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, Kamala Xarris bosh prokuror lavozimidagi tajribasi tufayli o‘zini ishonchli tutib, o‘rta qatlam, ozchiliklar va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq takliflar ilgari surdi hamda moliya siyosati rejasini taqdim etgani qayd etildi.

 

Islomxon Gafarovning fikricha, Tramp o‘z navbatida, aniq iqtisodiy choralar taklif qilmagan holda, mamlakatdagi migratsiya muammolariga e’tibor qaratdi. Biroq uning bir necha avvalgi prezidentlik munozaralaridagi ishtirok tajribasini hisobga olgan holda, bu safar u o‘zini ancha vazminroq tutdi. Mutaxassis qo‘shimcha qilishicha, ba’zi nashrlarning fikriga ko‘ra, bu Trampga so‘rovnomalarda yaxshi natija deb hisoblash mumkin bo‘lgan taxminan 1% ustunlik berdi.