Markaziy Osiyo mintaqasi Yevrosiyo markaziga aylanish uchun noyob imkoniyatga ega. Bu istiqbol Yevroosiyo makonidagi geosiyosiy silkinishlar fonida tashqi savdo aloqalarini jadal sur’atlar bilan muvozanatlashtirib, eksport geografiyasini kengaytirib, yangi, ishonchli transport yo‘laklarini shakllantirayotgan Toshkent uchun katta foyda va’da qilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston tomoni, birinchi navbatda, qo‘shnilari, shuningdek, “yaqin xorij” davlatlari, jumladan, turkiy dunyoning nufuzli vakillari – Ozarbayjon va Turkiyaga tayanadi.