Maqola muallifi, IXTI Iqtisodiy diplomatiya markazi rahbari, professor Ibragim Mavlanov “Pravda Vostoka” gazetasining 73-sonida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari iqtisodiy diplomatiyasi tajribasining O‘zbekiston uchun ahamiyati haqida so‘z yuritadi. Uning ta’kidlashicha, Yevropa davlatlari, ayniqsa, Fransiya, Italiya va Ispaniya xalqaro iqtisodiy pozitsiyalarni mustahkamlash va milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan tizimli o‘zgarishlarga erisha oldi. Ushbu yondashuvlar, muallifning fikricha, bugungi kunda iqtisodiy diplomatiyaning o‘z modelini faol qurayotgan O‘zbekiston uchun alohida ahamiyatga ega.
Maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida iqtisodiy diplomatiya davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylantirilgan 2017-yildan buyon O‘zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining transformatsiyasiga e’tibor qaratilgan. Professor Mavlonov Yevropaning muvaffaqiyatli tajribasini o‘rganish va moslashtirish eksport salohiyatini mustahkamlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi, degan xulosaga keladi. Muallifning ta’kidlashicha, uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiy diplomatiya Yangi O‘zbekistonning barqaror rivojlanishining tizimli vositasiga aylanishi kerak.
* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.