Dunyodagi geosiyosiy keskinlikning kuchayishi, bir tomondan, anʼanaviy dengiz yoʻllari xavfsizligiga tahdid solsa, ikkinchi tomondan, quruqlikdagi transport yoʻlaklarining rivojlanishiga turtki boʻlmoqda. Bunday o‘zgarishlar Yevroosiyo qit’asining markazida joylashgan Markaziy Osiyoning tranzit salohiyatini samarali amalga oshirishga xizmat qilmoqda.
Jahon iqtisodiy markazlari o‘rtasida to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yishdagi yuksak ahamiyatini anglagan mintaqa davlatlari savdo aloqalari va yo‘nalishlarini faol diversifikatsiya qilmoqda.